Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Rossiya va MDH davlatlari iqtisodiyotining 2017 yilgi prognozlarini o‘zgartirdi
BMT ekspertlari Rossiya iqtisodiyoti rivojiga oid prognozlarini yaxshiladi - 2017 yil yakunlari bo‘yicha mamlakat YaIMning 1,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (IIMD) tomonidan tayyorlangan "Dunyodagi iqtisodiy vaziyat va uning istiqbollari" ma'ruzasining yangilangan versiyasida shu haqida ma'lum qilindi.
Yanvar oyida jahon tashkilotining iqtisodchilari RF YaIMning - 1 foizga, 2018 yilda esa 1,5 foizga o‘sishini prognoz qilishgandi. 16 may kuni taqdim etilgan ma'ruzada kelgusi yilgi prognozlar o‘zgarishsiz qoldi. Bundan tashqari, IIMD 2016 yil yakunlarini qayta ko‘rib chiqdi: yangi hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiya YaIM ko‘rsatkichlarining pasayishi 0,8 emas, 0,2 foizni tashkil qilgan. Ma'ruzada Rossiya "o‘tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlar" sirasiga kiritilgan.
BMT ekspertlarining MDH mamlakatlari va Gruziya iqtisodiyoti bo‘yicha prognozida biroz o‘zgarish bor. Ma'ruzaga ko‘ra, joriy yilda ularning umumiy YaIM - 1,7 foizga, 2018 yilda esa 1,9 foizga o‘sadi. Besh oy ilgari IIMD bu ko‘rsatkichlarni 1,4 (2017 y.) va 1,8 foiz (2018 y.) sifatida taqdim etgandi.
IIMDning boshqa mamlakatlar bo‘yicha prognozi avvalgi versiyaga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qolgan.
Iqtisodchilar prognoziga ko‘ra, umumjahon YaIM 2017 yilda - 2,7 foiz, 2018 yilda esa - 2,8 foizga o‘sadi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026