«Hindiston qanday javob kutmoqda?» - Xitoyning munosabati
Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi tashkil etilishi Xitoyning Kashmir masalasidagi pozitsiyasini anglatmaydi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin Hindiston Pekindagi «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etmaslikka qaror qilganiga munosabatini bildira turib aytib o‘tdi.
Hindiston tomoni Nyu-Dehli va Islomobod o‘rtasida bahs mavzusiga aylangan va Pekin taklif etayotgan loyihaning bir qismi bo‘lgan Gilgit-Baltiston hududidan o‘tuvchi Xitoy—Pokiston iqtisodiy yo‘lagiga qarshi ekani tufayli forumda ishtirok etishdan bosh tortgandi. Bu hudud tarixan Kashmir tarkibida bo‘lgan, ayni vaqtda Pokiston tarkibida hisoblanadi, Hindiston esa uni o‘z hududi deb hisoblaydi.
«Rais Si Jinping forum vaqtida «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi - tinchlik va qurilish yo‘li ekanini ta'kidladi. Barcha davlatlar bir-birining suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini hurmat qilishi, shuningdek, manfaatlarini hamda tashvishlarini hisobga oladi», degan Xua Chunin. U Xitoy Hindistonni Kashmir masalasida nimalar tashvishlantirishini yaxshi tushunishini qayd etgan.
«Birlashtiruvchi loyihalar suverenitet va hududiy yaxlitlik hurmat qilingan holda amalga oshirilishi lozim. Hech bir mamlakat ular inkor etilgan loyihalarda ishtirok etishga qo‘shilmaydi», — deya ta'kidlagandi Hindiston TIV vakili.
Xitoy TIV vakili qayd etishicha, bu loyihaning amalga oshirilishi Pekinning Kashmir masalasidagi pozitsiyasini anglatmaydi.
«Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi «Bir makon, bir yo‘l» loyihasining muhim qismi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda bu loyiha Xitoyning Kashmir masalasidagi pozitsiyasi ifodasi emas. Hindistonning «Bir makon, bir yo‘l» forumiga kelmaganini to‘g‘ri tushunamiz. Xitoy tomoni Hindistonning tanlovini hurmat qiladi», degan u.
Xua Chunin shuningdek, Hindiston TIV vakilining Pekinni teng muloqotga chaqirishiga munosabat bildirgan.
Xitoy rahbari Si Jinping «Davlatlar bir-birining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, ijtimoiy taraqqiyot yo‘li, tub manfaatlari va tashvishlarini hurmat qilishi zarur»ligini ma'lum qilgan.
«Hindiston tomoni «ma'noli» muloqot o‘tkazilishiga umid bildirgan, ular Xitoy tomonidan ijobiy javob kutishmoqda. Xitoy Hindiston TIV vakilining bu bayonotini tushunmadi. Hindiston qanday ijobiy reaksiya kutmoqda?», degan xitoyliklar rasmiysi. U Xitoy Hindiston «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusiga qo‘shilishini har qachon ham yaxshi qarshi olishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024