Hindiston Pekindagi «Bir makon, bir yöl» forumiga bormaslikka qaror qilgan. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vazirligiga asoslangan holda TASS agentligi xabar tarqatdi.
«Bunday loyihalar suverenitet va hududiy yaxlitlikni hurmat qilgan holda amalga oşirilişi lozim», — deyilgan TIV bayonotida.
Pekin taklif etayotgan loyihaga köra, Xitoy va Pokiston iqtisodiy yölagi taşkil etiladi va bu yölak Nyu-Dehli hamda Islomobod örtasida bahsli hudud bölib turgan Gilgit-Baltiston böylab ötişi rejalaştirilgan.
«Heç bir mamlakat uning suvereniteti va hududiy yaxlitligi borasidagi muhim muammolarni inkor etuvçi loyihaga rozilik bildirmaydi», — deya qayd etilgan Hindiston TIV xabarida.
Bugun Xitoy poytaxti Pekin şahrida xalqaro hamkorlik böyiça «Bir makon, bir yöl» strategiyasi doirasidagi oliy darajadagi forum oçildi. Unda dunyoning 29 mamlakat rahbarlari iştirok etmoqda.


















