Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyingi haftada Xames «MYu»ga o‘tgani rasman e'lon qilinadi
«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi kelishuv haqida 21 may kuni rasman e'lon qilinadi. Bu haqda Kolumbiyadagi radioda xabar berildi.
«Real» rahbariyati 3 iyunga qadar, «qaymoqranglilar» jamoasining Chempionlar ligasi finalida «Yuventus»ga qarshi o‘yini o‘tganiga qadar hech qanday izoh bermoqchi emas.
Rodriges ispanlar grandi safiga 2014 yil yozida kelib qo‘shilgandi. Ammo Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi «Qirollik klubi»da Karlo Anchelotti o‘rnini Rafael Benites egallagach asosiy tarkibdan chiqdi, 2016 yil qishida jamoa boshqaruviga Zinedin Zidan kelgach zaxira o‘rindig‘iga mixlandi. Rodriges bundan noroziligini bir necha bor matbuot orqali bildirib kelayotgandi.
Ushbu futbolchi «Real»ning Primeradagi 36 uchrashvidan 21tasida qatnashgan, shundan faqat 13 o‘yinda boshlang‘ich tarkibda bo‘lgan. Bu uchrashuvlarda u 8 gol urib, 6 golga uzatma bergan.
Xames «Real»da nega yo‘qolib qoldi? Futbolchining Madriddagi tarixi
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:48 / 14.04.2026