Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Lavrovga IShID haqidagi maxfiy axborotni oshkor qilishda ayblanmoqda
Foto: GLOBAL LOOK PRESS
Amerikalik jurnalistlar AQSh prezidenti Donald Trampni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyakni Oq uyda qabul qilganda ularga maxfiy axborotni oshkor qilganlikda ayblamoqdalar.
The Washington Post ma'lumotlariga ko‘ra, gap IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash bilan bog‘liq axborot haqida ketmoqda. AQSh ma'muriyatidagi manbalarning ma'lum qilishicha, Trampga ruslar bilan nima haqida gaplashish mumkinu, nima haqida gaplashish mumkinmasligi haqida aniq ko‘rsatma berilgan.
"Tramp esa Rossiya elchisiga biz ittifoqdoshlarimizga ma'lum qiladigandan ortiqroq axborot ko‘rsatdi", deb ta'kidlamoqda nashr.
Nashrda aytilishicha, bu bilan IShIDga kira oladigan axborot manbasi xavf ostiga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, Lavrov AQShga ikki kunlik tashrifi davomida 10 may kuni Tramp bilan uchrashib, Suriyada jangovar harakatlardan xoli hududlar yaratishni muhokama qilgan.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
23:30 / 07.04.2026
«Alisherning iltimosiga ko‘ra telefon qilyapman» – Lavrovning suhbatini tinglashdi
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026