Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda soya yetishtirish ko‘paytirilib, eksportga chiqariladi
Prezident Sirdaryo viloyatiga safari davomida Mirzaobod tumanidagi «Abdug‘ani Turdiboyevich» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi.
«Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi izchil rivojlanib, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlarda yuqori natijalarga erishayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari safi kengayib bormoqda. Ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar aholi farovonligini oshirish, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash imkonini bermoqda», deyiladi O‘zA xabarida.
2014 yilda tashkil etilgan «Abdug‘ani Turdiboyevich» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi 34 gektar yer maydoniga ega. Shundan 16 gektarida paxta, 15 gektarida g‘alla, 3 gektarida soya yetishtirilmoqda.
Prezidentning 2017 yil 14 martdagi «2017-2021 yillarda respublikada soya ekini ekishni va soya doni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va uning Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilda mamlakatdagi 2 ming 200 dan ziyod fermer xo‘jaligida shartnoma asosida 21 ming gektar maydonga soya ekish ko‘zda tutilgan. Natijada 33,7 ming tonna soya doni yetishtirilib, 6,1 ming tonna o‘simlik yog‘i hamda 25 ming tonnadan ortiq soya shroti ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari, soya ekilgan maydonlarda 80-100 kilogramm sof azot to‘planishi va tuproq unumdorligi yaxshilanishi hisobiga paxta va g‘alladan yuqori hosil olishga imkoniyat yaratiladi.
«Soya yetishtirishni ko‘paytirish, uni shu yerning o‘zida qayta ishlab, eksportga ham yo‘naltirish choralarini ko‘rish kerak. Soya ekish orqali yer unumdorligini oshirish, soya agrotexnikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash lozim», degan prezident.
Davlat rahbari viloyatda bog‘dorchilik, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish loyihalarini ham ko‘zdan kechirdi. Loyihalar bo‘yicha fikrlarini bildirib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Prezident shu yerda nuroniy otaxonlar bilan muloqot qildi.
Mavzuga oid
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
16:36 / 29.05.2026