Jahon | 00:42 / 17.05.2017
9292
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Erdo‘g‘an tomonidan so‘ralgan harbiy qurilmalar qisqa fursatlarda yetkaziladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan AQShdan so‘ralgan harbiy qurilmalar Turkiyaga qisqa fursatlarda yetkaziladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Erdo‘g‘an bilan Oq uyda o‘tkazilgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra uyushtirilgan matbuot-anjumanda aytib o‘tdi. 

"Turkiya prezidenti tomondan so‘ralgan harbiy qurilmalar, biz buni aniq tushuntirdik, qisqa fursatlarda yetkaziladi", deb aytdi Tramp.

Tramp, shuningdek, AQSh Suriyada zo‘ravonlikni kamaytirishga va bu davlatdagi ixtilofni tinchlik bilan hal qilish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Bundan tashqari, Tramp Turkiyaning terrorchilikka, jumladan, IShID va Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi kurashini qayd qilib o‘tdi. "Biz bu tahdidga birgalikda javob berishga intilmoqdamiz. Biz turk xalqiga ko‘magimizni taklif qilmoqdamiz. Biz Turkiyani terrorchilikka hamda IShID va KIP kabi terrorchilik guruhlariga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlaymiz", deb aytdi Tramp.      

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid