Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google O‘zbekistondagi resurslarini keshlash niyatida
16 may kuni «O‘zbektelekom» AK bosh ofisida «O‘zbektelekom» AK rahbariyati va mutaxassislarining Google Global Cache (GGC) kompaniyasi vakillari bilan ish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida hamkorlik hamda O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislarining sifatini yaxshilanishi masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda GGC vakillari Deyv Shvarts va Yan Kliri «O‘zbektelekom» AK texnologik maydonida GGC uskunalarini o‘rnatish orqali O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislari sifatining yaxshilanishi imkoniyatlarini namoyish etdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishib oldilar. «O‘zbektelekom» AK tarmog‘ida GGC bog‘lamali CDN’ning ishga tushirilishi bilan Google eng ommaviy resurslarini keshlash imkoniyati paydo bo‘ladi, bu esa O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislarining sifatini sezilarli darajada oshiradi.

Mavzuga oid
12:08 / 13.01.2026
Alphabet kompaniyasining kapitalizatsiyasi ilk bor 4 trln dollardan oshdi
12:04 / 27.12.2025
Google Rossiyadan o‘z serverlarining bir qismini olib chiqmoqda
19:24 / 10.12.2025
Apple va Google hamkorlikni e’lon qildi - iPhone’dan Android’ga va aksincha o‘tish osonlashadi
18:18 / 08.12.2025