Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida qurol ishlab chiqarish sohasida milliy kompaniya tuziladi
Saudiya Arabistoni harbiy-sanoat majmuasi mahsulotlari ishlab chiqarilishiga javobgar bo‘ladigan milliy kompaniya tashkil etadi. Bu haqda SPA agentligi mustaqil investitsiya jamg‘armasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yangi kompaniya 2030 yilga qadar Saudiya Arabistoni harbiy sanoatini rivojlantirish dasturining muhim vazifalarini bajaradi.
Qayd etilishicha, yangi kompaniyaning mamlakat YaIMidagi ulushi 14 milliard riyoldan ortiqni (3,7 milliard dollar) tashkil etadi. Bundan tashqari, kompaniya yangi ishlanmalar uchun 6 milliard riyoldan ortiq mablag‘ni (1,6 milliard dollar atrofida) investitsiya qilishi rejalashtirilgan. Yangi kompaniya 40 mingdan ortiq kishini ish bilan ta'minlaydi.
Shuningdek, qirollik harbiy sanoat sohasida talabalarni o‘qitishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026