Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: YeI bilan vizasiz rejim sabab Poroshenkoning «og‘zi qulog‘ida»
Foto:Facebook Svyatoslav Tsegolko
"112 Ukraina" telekanali Pyotr Poroshenko YeI davlatlari va Ukraina o‘rtasida viza rejimini bekor qilish haqidagi hujjatga imzo chekilayotganda xursand bo‘lib turgani tasvirlangan videoni e'lon qildi.
Unda Ukraina prezidenti xursandchiligini yashira olmagan, doimiy ravishda tepaga ko‘tarilgan katta barmoqlarini ko‘rsatgan, yevropalik siyosatchilarni qo‘llarni siqishga majburlagan.
Avval xabar qilinganidek, YeI va Ukraina o‘rtasida vizasiz rejim to‘g‘risidagi qonunni imzolash marosimi Strasburgda chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Hujjatga Yevroparlament rahbari Antonio Tayani va YeI Kengashida raislik qilayotgan Malta davlati IIV rahbari Karmelo Abela qo‘l qo‘yishdi.
Hujjatga ko‘ra, Ukraina fuqarolari Shengen hududi davlatlari, shuningdek, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shveytsariyada yarim yil ichida 90 kun davomida bo‘lishlari mumkin. Shu bilan birga, vizasiz rejim YeIda ishlash yoki o‘qishga ruxsat bermaydi.
Mavzuga oid
14:28
Germaniyada 16 yoshli ukrainalik ikkita qotillik uchun 10 yilga qamaldi
11:41
Ukraina qurolli kuchlari instruktorlari Bundesverga Rossiyadan himoyalanishni o‘rgatadi
09:58
Bundestag rahbari Klyokner Kiyevda Germaniya qo‘llovini tasdiqladi
13:49 / 11.03.2026