Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodafone operatori Ukrainada Rossiya ijtimoiy tarmoqlariga kirishni to‘sdi
Vodafone uyali aloqa operatorining Ukrainadagi bo‘limi birinchi bo‘lib Ukrainada Rossiya ijtimoiy tarmoqlariga kirishni to‘sdi.
"112 Ukraina" telekanalining xabar berishicha, ayni vaqtda "Kiyevstar" va "Layf" operatorlari ham sanksiya ostiga tushgan Rossiya saytlariga kirishni cheklash bo‘yicha ish olib bormoqda.
Avvalroq "Ukrtelekom" Ukrainada "Vkontakte" va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlarini to‘sish bo‘yicha ishni boshlagani ma'lum qilingandi.
16 may kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaning jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirish haqidagi farmonni imzoladi. Jumladan, sanksiyalar ostiga "Yandeks" va Mail.Ru saytlari hamda "Vkontakte" va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari tushdi.
Mavzuga oid
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026