Jahon | 20:57 / 18.05.2017
19387
2 daqiqa o‘qiladi

Zaxarova: Alisher Usmonovning videomurojaati OTMlarda o‘rganiladi

Foto: RIA "Novosti"

RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova milliarder Alisher Usmonovning muxolifatchi Aleksey Navalniyga qilgan videomurojaati barcha OTMlarda o‘rganiladi, deb hisoblaydi. 

"Alisher Usmonovning Aleksey Navalniyga yozgan videomurojaati ritorika va piar mutaxassislari tomonidan OTM va kollejlarda o‘rganiladi", - deb yozdi u o‘zining Facebook'dagi sahifasida. 

Uning fikricha, "buyuk va qudratli inson bunday holatlar uchun aniq va novatorlikdan yiroq bo‘lgan pozitsiyaga ega".

"Usmonov Navalniyni shunday bopladiki, hech bir yurist yoki polittexnolog buning uddasidan chiqa olmas edi. Bir marta va bir umrga. Har bir so‘z otilgan o‘q kabi... "Tfu senga!" va shu bilan hammasi ayon", - qo‘shimcha qildi u.

Milliarder Alisher Usmonov sud tergovi boshlangan kunda unga yog‘dirilgan ayblovlarga videomurojaat bilan javob berdi. Navalniy esa Usmonovning bayonotiga bobma-bob javob berishga va'da berdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid