O‘zbekiston | 15:25 / 19.05.2017
12692
3 daqiqa o‘qiladi

Sud sohasi xodimlarida qanday mansab darajalari bo‘ladi?

Foto: Flickr

"Sud va Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta'minlash bo‘yicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hakida"gi qonun loyihasi bilan Oliy Majlisning 1993 yil 2 sentabrdagi 927-XI-son qarori bilan tasdiqlangan Sud xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Norma.uz’ning yozishicha, loyihada Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot markazi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti hamda uning hududiy bo‘limlari xodimlariga mansab darajalari berish tartibi nazarda tutilmoqda.

Aytish joizki, Sudyalar oliy kengashi raisi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot markazi direktori va uning o‘rinbosariga beriladigan 1, 2 va 3 darajali davlat adliya maslahatchilari kabi maxsus unvonlarni berish tartibi belgilanmoqda.

Loyiha bilan Oliy mansab darajalarini Kengash raisi va uning o‘rinbosari taqdimnomasiga ko‘ra Prezident tomonidan berilishini nazarda tutuvchi tartibni o‘rnatish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, loyiha shuningdek Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti direktori, direktor o‘rinbosari, bosh mutaxassis va boshqa xodimlarga mansab darajalari berishni nazarda tutadi.

Sudyalar oliy kengashi raisiga Kengash o‘rinbosari taqdimnomasiga ko‘ra Kengash va Markaz xodimlariga mansab darajalarini berish bo‘yicha vakolatlar taqdim etilmoqda.

Shu bilan birga, Oliy sud raisiga sudlarning boshqa xodimlaridan tashqari fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma'muriy sudlari, Harbiy sud, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari, tuman (shahar) ma'muriy sudlari, hududiy harbiy sudlarning sudya katta yordamchilari va sudya yordamchilariga mansab darajalari berish vakolati taqdim etilmoqda.

Bundan tashqari, mansab darajasi bo‘lgan sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining farqlash belgilari va mansab maoshlariga ustama haq miqdorini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi tartibi o‘rnatilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid