Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh elchisi Marg‘ilon milliy madaniyati bilan yaqindan tanishdi
Chorak asrlik davrda taraqqiyot maydonida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lishga ulgurgan O‘zbekistonning takrorlanmas meroslari borki, unga ko‘pchilik havas bilan qaraydi. Fikrimiz hayotiy haqiqat ekaniga Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi muxtor elchisi Pamela Spratlen xonimning Markaziy Osiyo gavhari Farg‘onaga qilgan tashrifi chog‘ida ming karra amin bo‘ldik. Elchi xonimni Marg‘ilon hunarmandlari, mahalliy aholining samimiyligi o‘ziga rom etgani bejis emas, aslida.
Ko‘hna Marg‘ilonning uzoq tarixidan darak berib, atlasu adraslari bilan butun dunyo ahlini o‘ziga rom etib kelayotgan “Yodgorlik” xususiy korxonasida bo‘lgan elchi xonim milliy hunarmandchilik namunalari bilan tanishdi. Hunarmandchilik san'ati, xususan, bebaho atlas va adras matolari, uning o‘lmas qadriyat sifatida avlodlarga meros bo‘lib kelayotgani, qadrlanayotgani mehmonni befarq qoldirmadi. Milliy matolarimizni yaratuvchilari bilan qilingan dildan suhbatlarda asrlar osha yashab, istiqlol yillarida yanada gurkirab borayotgan milliy hunarmandlar mehnati ulug‘landi.


Bu kabi tarixiy an'analarga elchi xonim “Honaqo” jome masjidida ham guvoh bo‘ldi. Moziyga xos ko‘rinishda bunyod etilgan ushbu masjid va unda barpo etilgan, ko‘zni quvontiruvchi ulkan qandil nufuzli mehmonni lol etdi.


Pamela Spratlen tashrifi chog‘ida hunarmandlar markazida ham bo‘lib, adras matosining to‘qilishi, yaratilish jarayonini ko‘zda kechirdi.

Elchi xonim Marg‘ilon shahrida olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Bu yerdagi go‘zal manzara, so‘lim maskan, insonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar unda katta taassurot qoldirdi.
Ahror Ziyo, Farg‘ona
Mavzuga oid
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
13:40 / 27.09.2025
Marg‘ilonda tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi
14:40 / 08.08.2025