Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya Argentinaga qarshi uchrashuvda Neymarsiz o‘ynaydi
Braziliya futbol konfederatsiyasi Argentina (9 iyun) va Avstraliya (13 iyun) terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomini e'lon qildi.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite tarkibga 24 nafar futbolchini taklif qildi. E'tiborli tomoni «Barselona» hujumchisi Neymar tarkibdan joy olmagan.
Darvozabonlar: Diyego Alves («Valensiya», Ispaniya), Ueverton («Atletiko Paranaense», Braziliya), Ederson («Benfika», Portugaliya);
Himoyachilar: David Luiz («Chelsi», Angliya), Karlos Jil («Shangdun Lunen», Xitoy), Jyemerson («Monako», Fransiya), Rodrigo Kayo («San-Paulu», Braziliya), Tiago Silva («PSJ», Fransiya), Aleks Sandro («Yuventus», Italiya), Fagner («Korintians»), Filipe Luis («Atletiko», Ispaniya), Rafinya («Bavariya», Germaniya);
Yarimhimoyachilar: Fernandino («Manchester Siti», Angliya), Juliano («Zenit», Rossiya), Lukas Lima («Santos», Braziliya), Paulino («Guanchjou Evergrand», Xitoy), Filippe Koutino («Liverpul», Angliya), Renato Augusto («Beyjing Guoan», Xitoy), Rodrigino Kosta («Korintians», Braziliya), Villian («Chelsi», Angliya);
Hujumchilar: Diyego Souza («Sport Resifi», Braziliya), Duglas Kosta («Bavariya», Germaniya), Gabriel Jyezus («Manchester Siti», Angliya), Tayson («Shaxter», Ukraina).
Mavzuga oid
15:40
JCh kundaligi. Yana fantastik o‘ynagan Jud, yana qiynalgan Argentina va Emboloda ahmoqona qizil
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026