Jahon | 20:52 / 22.05.2017
6039
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyadagi turmadan 30 mahbus qochib ketdi

Foto: liga.net

Braziliyaning Maranyan shtatidagi San-Luis shahrida joylashgan axloq-tuzatish majmuasidan 22 mayga o‘tar kechasi kamida 30 mahbus qochib ketdi. Bu haqda shtat ma'muriyati ma'lum qildi.  

Folha de Sao Paulo portali ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilarning sheriklari turma devorining bir qismini tashqi tomondan portlatishgan. Mahbuslar hosil bo‘lgan yoriqdan qochib ketishgan.  

Qo‘riqchilar qochoqlarga o‘q uzishgan. Buning oqibatida 2 nafar mahbus otib tashlangan. Yana 6 mahbus keyinroq qo‘lga olingan, biroq yana 24 mahbus qochoqlikda qolmoqda va ular qidirilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid