Jamiyat | 17:29 / 22.05.2017
12257
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Tailandda haddan tashqari semirib ketgan maymunni ozishga majburlashmoqda

Foto: Facebook, Steadfast Monkey Lovers sahifasi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida yovvoyi makaka-rezus maymunini sayyohlar ko‘p ovqat berib, haddan ortiq semirtirib yuborishgan.

Khao Sod xabariga ko‘ra, Tailand milliy qo‘riqxonalar va tabiatni muhofaza qilish vazirligi ushbu jonivor kerakli darajada ozmagunicha, unga faqat sabzavotlar va mevalar berish zarurligini ma'lum qilgan. Unga kuniga 400 grammdan ortiq yegulik berish mumkin emas. Bundan tashqari, maymunni har kuni harakatlanishga majbur qilishadi.

Hozirda jonivorning vazni 26 kilogramm, — bu normadagidan 3 barobar ko‘p. Davlat organlari ushbu maymunga uning surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, e'tibor qaratdi. Unga harakatlanishga xalaqit qiluvchi katta qorni tufayli mahalliy aholi «Semiz amaki» laqabi berilgan.

Associated Press nashrida ma'lum qilinishicha, u maymunlar galasi rahbari bo‘lgan. Boshqa maymunlar unga yeguliklar keltirib berishgan.

Makaka-rezus — dunyoda eng ko‘p tarqalgan maymun turidir. Bu tur Hindiston shimolida, Bangladesh, Pokiston, Nepal, Birma, Tailand, Afg‘oniston, Vetnam va Xitoy janubida keng tarqalgan. Erkak makakaning og‘irligi o‘rtacha 8 kilogramm bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid