Ijtimoiy tarmoqlarda onasi örniga yumşoq öyinçoqni ona qilib olgan makaka videosi virusdek tarqalmoqda.
Yaponiyaning Itikava şahridagi hayvonot boğida Panç laqabli olti oylik bu makaka tuğilganidan keyin onasi tomonidan taşlab ketilgan.
Uni Ichikawa City Zoo hayvonot boği xodimlari parvarişlaşgan, keyinroq u boşqa maymunlar yaşaydigan volerga ötkazilgan, ammo töda uni qabul qilmagan. Şundan keyin xodimlar unga IKEA tomonidan işlab çiqarilgan orangutan şaklidagi yumşoq öyinçoqni sovğa qilişgan va Panç uni hamma joyda özi bilan olib yura boşlagan.


Internetda tarqalgan videolardan birida tödadagi katta yoşli maymunlardan biri unga hujum qilib, har tomonga sudragani, yoş maymun uning qölidan amallab qutulgaç, çinqirgança öz öyinçoği tomon yugurgani aks etgan.
Keyinroq boşqa bir katta yoşli maymun Pançni öz himoyasiga olib, uni bağriga mahkam bosgança, bitlarini tera boşlagan. Şuningdek, tengdoş maymunlardan biri u bilan döstlaşgan va ular quvlaşmaçoq öynaşgan.

Hayvonot boği xodimlari qayd etişiça, ayrim individlar örtasidagi vaqti-vaqti bilan tajovuzkorlik namoyon bölişi – makakalar uçun normal holat. Şu bilan birga, Pançni boşqa volerga ötkazib bölmaydi – makakalar yolğizlikda yaşay olmaydi, u asta-sekinlik bilan tödaga qöşilişi kerak.
Panç aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgaç, köplab odamlar öyinçoğini sudrab yuradigan maymunçani köriş uçun hayvonot boğiga taşrif buyura boşlaşdi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari esa HangInTherePunch (Bardam böl Panç) heştegi bilan uni qöllab-quvvatlaşmoqda.
IKEA kompaniyasining Yaponiyadagi bölimi prezidenti Petra Fare ham hayvonot boğiga kelgan va Pançga yumşoq öyinçoqlar kolleksiyasini sovğa qilgan.









