Jamiyat | 18:38 / 22.05.2017
11951
1 daqiqa o‘qiladi

Insoniyatning qachon yulduzlarga yetishi ma'lum qilindi

Foto: Flickr

Quyosh tizimini tadqiq qilish bilan shug‘ullanuvchi Maks Plank Instituti fizigi Rene Xeller insoniyatning qachon eng yaqin yulduzlarga yetishishi mumkinligini hisoblab chiqdi. Tadqiqot haqida "Lenta.ru" xabar berdi

Manbaga ko‘ra, insoniyat taxminan yaqin yuz yildan keyin eng yaqin o‘n yulduzga yetishi mumkin ekan. Xellerning prognozi yaqin 45 yilda Yerda 0,2 yorug‘lik tezligida harakatlanuvchi kosmik qurilmalarni yaratilishiga oid taxminlarga asoslangan. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, insoniyatning bunday tezlikka erishishi ehtimoli yuqori. 

Xeller 200 yillik tarixiy ma'lumotlarni tahlil qilib chiqdi - ularga ko‘ra, inson tomonidan yaratilgan transport vositalari (paravozlardan to Voyager 1 stansiyasigacha) tezligining o‘sishi avvalgi taxminlarga nisbatan tezroq (yiliga o‘rtacha 4,72 foiz) ro‘y berayotganini ko‘rsatgan. 

Mavzuga oid