Jahon | 18:14 / 22.05.2017
12134
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya televideniyesi raketa uchirilishi kadrlarini namoyish etdi

Foto: AP

KXDR markaziy televideniyesi Pxenan-Namdo viloyatining Pukchxan tumani g‘arbiy qirg‘og‘idan yakshanba kuni uchirilgan "Pukkison-2" raketasi tasvirlangan videoni namoyish etdi.

Videomaterial mobil qurilma harakatlanishidan tortib, to raketa parvoziga tayyorlikkacha bo‘lgan holatni ko‘rsatadi.

Yaponiyalik mutaxassislarning NHK telekanali efirida ma'lum qilishicha, sovuq uchirish texnologiyasi qo‘llanilgan hamda raketa faqat qattiq yoqilg‘ida ishlaydi – bundan oq rangdagi tutun darak bergan.

Bundan tashqari, TV Yerning raketada o‘rnatilgan kamera yordamida olingan kadrlarini ko‘rsatgan. Yaponiyalik mutaxassislar fikricha, bu yirik ma'lumot hajmlarini katta masofalarga yetkazib berish borasida texnologiyalar ancha rivojlanganini ko‘rsatadi.

Bu "Pukkison-2" o‘rta masofadagi raketasining joriy yilning fevralidan beri ikkinchi marta uchirilishi. U suv osti kemalar ballistik raketalarining modifikatsiyalangan nusxasidir.

Televideniye xabarida 14 may kuni uchirilgan, suyuq yoqilg‘idagi "Xvason-12" raketasining parvoz masofasi ham aytilgan. Ta'kidlanishicha, u “AQSh Tinch okeani qo‘mondonligi bo‘lgan Havayi orollarigacha yetib boradi, bunda Alyaskaga ham zarba berish imkoni bo‘ladi”.

Mutaxassislarning fikricha, raketalarni bir hafta ichida ham qattiq, ham suyuq yoqilg‘ida uchirish raketa texnikasi imkoniyatlarini ko‘rsatib qo‘yishga bo‘lgan intilishdir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid