Jahon | 23:15 / 22.05.2017
10976
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Eron Obamadan minnatdor bo‘lishi kerak

Foto: Reuters

Eron Barak Obama boshchiligidagi AQShning avvalgi ma'muriyatiga Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha "fantastik shartlar" uchun minnatdor bo‘lishi kerak. Bunday fikrni AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Quddusdagi uchrashuvda bildirdi.

"Eron AQShning avvalgi ma'muriyatiga juda minnatdor bo‘lishi kerak, chunki ular mutlaq fantastik bitim shartlariga erishishga muvaffaq bo‘lishgan. Biroq ular minnatdor bo‘lib, "rahmat" deyish  o‘rniga bizga tashlanishni davom ettirmoqdalar. Biz ularga iqtisodiy farovonlikni qurishga imkoniyat berdik, biroq o‘zimiz qayerga keldik?", deb savol bilan yuzlandi Tramp.

"Biz yaqin sharqda keskinlikning kamayganini ko‘rmayapmiz. Suriya, Yaman, biz har yerda zo‘ravonlik alomatlarini ko‘rmoqdamiz va bu zo‘ravonlik aksariyat hollarda Eron tomonidan yuzaga keltirilgan. Mana Eron "rahmat" deyish o‘rniga nima qilmoqda. AQSh bu bitimga borganining o‘zi dahshat", deb qo‘shimcha qildi Tramp.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid