Jamiyat | 17:11 / 22.05.2017
5022
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bo‘ylab “Kitob bayrami” o‘tkaziladi

O‘zbekiston aholisining, ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy va intellektual ehtiyojlarini qondirishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda 2017 yilning 
25-27 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor” shiori ostida an'anaviy Respublika “Kitob bayrami” o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.  

Sayl tarzida o‘tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ensiklopedik yo‘nalishdagi kitoblar taqdimotlari, noshir va mualliflar, adib va shoirlar, kitob grafikasi rassomlarining kitobxonlar bilan bevosita ijodiy uchrashuv-muloqotlari, mushoiralar va suhbatlar, sovrinli intellektual viktorinalar, shuningdek, “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” nomli konsert dasturlari o‘rin olgan.

26 may kuni “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma'naviy merosi” mavzuidagi V ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid