AQSh Ukrainaga bepul harbiy yordamni bekor qilishi tasdiqlandi
Amerika Qo‘shma Shtatlari qator mamlakatlar, jumladan, Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish prinsiplarini haqiqatdan ham o‘zgartirish niyatida. RIA Novosti’ning xabar qilishicha, buni Oq uyning ma'muriy-byudjyet boshqarmasi direktori Mik Malveyni jurnalistlarga tasdiqlagan.
«Biz bir qator xorijiy harbiy dasturlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri grantlardan kreditlarga almashtirmoqdamiz. Kimgadir 100 million dollar taqdim etish o‘rniga, biz ularga kredit kafolatlarini berishimiz mumkin, hamda ularda haqiqatdan ham ko‘proq narsa sotib olish imkoniyati paydo bo‘ladi», - deya aniqlik kiritdi u.
Gap Vetnam, Indoneziya, Kolumbiya, Pokiston, Filippin va Ukraina kabi davlatlar haqida bormoqda.
Shu bilan birga, Malveynining ta'kidlashicha, dastur Isroil va Misr uchun saqlab qolingan.
Avvalroq, The Wall Street Journal gazetasi qator davlatlarga, jumladan, Ukrainaga ham beg‘araz harbiy ko‘mak ko‘rsatishni to‘xtatish, hamda ularni kreditlarga almashtirish rejalari borligi haqida xabar bergandi.
Jurnalistlar qo‘liga kelib tushgan Davlat departamentining ichki hujjatida aytilishicha, Ukrainadan tashqari, yordamdan Pokiston, Tunis, Livan, Kolumbiya, Filippin va Vetnam ham mahrum bo‘lishi mumkin. Ta'kidlanishicha, beg‘araz yordamni kreditlar bilan almashtirish Rossiya va Xitoy kabi davlatlardan qo‘llab-quvvatlov olishga bo‘lgan intilishni kuchaytiradi.
Mavzuga oid
14:59
Urushlardan tin olmayotgan dunyo: eng yirik qurol eksport qiluvchi davlatlar
21:36 / 26.10.2024
NYT: xitoylik hakerlar Tramp va Vensning telefonlarini buzib kirishga urindi
21:15 / 26.10.2024
KXDR harbiylari Rossiyaning Kursk oblastiga yetib bordi – OAV
19:18 / 26.10.2024