Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yilning eng yaxshi tadbirkori, fermeri va hunarmandi nomi ma'lum
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.
Unda mazkur ko‘rikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi.
“Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarining nomlari e'lon qilindi. Ular uchta asosiy – «Yilning eng yaxshi tadbirkori», «Yilning eng yaxshi fermeri» va «Yilning eng yaxshi hunarmandi» yo‘nalishida taqdirlandi.
«Yilning eng yaxshi tadbirkori» nominatsiyasida Toshkent viloyatidagi "Torimed Pharm" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Ahadjon Shukurov g‘olib bo‘ldi. Buxoro viloyatidan Ahmad Arabov «Yilning eng yaxshi hunarmandi» deb e'tirof etildi. Andijon viloyatidagi "Baxt imkon rivoj chorvasi" fermer xo‘jaligi rahbari Faxriddin Ismoilov «Yilning eng yaxshi fermeri» deb e'lon qilindi.
– Bunday nufuzli tanlovda g‘olib bo‘lish katta sharaf, – deydi 2017 yilning eng yaxshi fermeri Faxriddin Ismoilov. – Raqobat juda kuchli bo‘ldi. Chunki ko‘rik-tanlovda eng ilg‘or va salohiyatli tadbirkorlar qatnashdi. Mamlakatimizda bunday tashabbuskorlar ko‘p va ular turli sohalarda faoliyat yuritmoqda. Istiqbol uchun belgilagan rejalarimiz talaygina, jumladan, xalqaro bozorga chiqishni mo‘ljallaganmiz. Shu bois yanada ko‘proq mehnat qilib, ko‘rsatilgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz.
«Yilning eng yosh tadbirkori», «Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli», «Eng yaxshi innovatsion loyiha», «Yoshlarga eng ko‘p ish joyi yaratgan tadbirkor», «Yilning eng yaxshi eksportchisi» va «Respublika ichki bozorida talab bo‘lgan yangi turdagi iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqqanlik uchun» kabi nominatsiyalar g‘oliblari ham e'lon qilindi.
Asosiy nominatsiyalar g‘oliblariga Prezident sovrini – “Spark” avtomobili, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblariga pul mukofotlari, maxsus nominatsiyalar sovrindorlariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. G‘oliblar xalqaro tanlovlar, yarmarkalar, seminarlarda ishtirok etishi, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha chet elda malaka oshirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz tahririyatining Andijon viloyatiga safari davomida Oltinko‘l tumanida joylashgan “Baxt imkon rivoj chorvasi” fermer xo‘jaligida ham bo‘lgandi. Tadbirkor Faxriddin Ismoilov rahbarligidagi maskan haqida alohida maqola taqdim etilgan.
Mavzuga oid
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
11:47 / 09.04.2026
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi
20:57 / 03.04.2026