Çorvaçilik qadimgi davrdan to bugunga qadar insoniyat turmuş tarzining ajralmas bir bölagi bölib kelgan. Tsivilizatsiya jarayoni inson hayotiga yangiça köriniş olib kirgan turli maşğulotlar, ixtirolar va kasblarni paydo qilgan bölsa-da, çorvaçilik bular bilan uyğun tarzda rivojlana bordi.

Bugun butun dunyoda bölgani kabi Özbekistonda ham çorvaçilik izçil rivojlanib, kengayib bormoqda. Aholining bu maşğulot bilan şuğullanişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda, bu islohotlarni amalga oşiriş uçun zarur çora-tadbirlar körilmoqda.

Kun.uz tahririyatining Andijon viloyatiga safari davomida hududda taşkil etilgan çorvaçilik bilan ham yaqindan tanişdi. Jumladan, viloyatning Oltinköl tumanida joylaşgan “Baxt imkon rivoj çorvasi” fermer xöjaligida bölib, olib borilayotgan işlarga guvoh böldi. Şuni alohida ta'kidlaş lozim-ki, tadbirkor Faxriddin Ismoilov rahbarligidagi maskanda naslçilik, çorvaçilik mahsulotlarini köpaytiriş, yem-xaşak bazasini mustahkamlaş kabi jarayonlar zamonaviy uslubda kompleks mexanizatsiyalaştiriş yöli bilan amalga oşiriladi.

Tas-Ix`da köriş

- Fermer xöjaligimizda 1680ta qoramol bölib, şundan 650 boşi soğin sigirlar, 384 boşi 1 yoşgaça bölgan buzoqlar hisoblanadi, - dedi mazkur xöjalikning iş yurituvçisi Qobil Karimov. – Ayni kunlarda 14,5 tonnadan 16 tonnagaça sut olişga muvaffaq bölyapmiz. Bunga sabab maskanda “Simmental”, “Golştin friz”, “Şvits” zotli qoramollarning parvarişlanayotganidir. Masalan, “Golştin friz” zotli sigirdan bir kunda örtaça 40 litr sut soğib olinadi. Qolgan zotlar esa 30-35 litrdan sut beradi.

Suhbat davomida aniq böldiki, sigirlarning sut beriş holati havo va ozuqa evaziga özgarib turadi. Salbiy holatlar vujudga kelsa, bir kunda 1,5 tonnaga qadar sut yöqotilişi mumkin.

Uşbu fermer xöjaligi 2006 yilda taşkil topgan. Dastlab 333 boş mahalliy qoramol boqişdan boşlangan iş keyinçalik 2010 yilda Germaniyadan 93 boş “Şvits” zotdor qoramol olib keliş bilan davom ettiriladi. Qiyosan qaralganida uşbu zotdor sigirlar mahalliylariga qaraganda 10-15 litr köp sut berişi bilan farqlanar edi. Şu sabab fermer xöjaligi tomonidan har yili 300-400 boş zotdor qoramol olib kelinib, parvarişlanmoqda. 

Hayratli raqamlar

Qobil Karimovning ma'lum qilişiça, bugungi kunda uşbu fermer xöjaligida çorvaning özida 93 nafar işçi mehnat qiladi. Bundan taşqari, parvarişga texnik işlarga alohida xodimlar faoliyat yuritadi. 8 nafar veterinar jonivorlarning soğliğiga qaraydi. Qoramollarni uruğlantiriş böyiça ham uç nafar mutaxassis iş olib boradi.

“Özimizga oladigan yemlardan 200 tonna makkapoya donini, 85 tonna buğdoy donini yiğiştirib olamiz. Qoramollarga 11 xil aralaşmali ozuqa beriladi”, deydi mutaxassis.

Ötgan 2016 yilda 1000 boş naslli buzoq olgan xöjalik, 3176 tonna sut va 3,4 tonna göşt mahsulotlari işlab çiqardi. Maskanda parvarişlanayotgan “Simmental”, “Golştin friz”, “Şvits” zotli qoramollarga xaridor köpligini ötgan yili 660 boş naslli çorva sotiş uçun tuzilgan şartnomalardan ham bilib oliş mumkin. Daromadning bir qismi hisobiga çet ellik mehmonlarga ham xizmat körsata oladigan, jahon andozalariga mos tuşuvçi mehmonxona qurilgani alohida e'tiborga molik.

Xöjalikda yangi yönaliş – eçkiçilik

Yurtimizda eçki sutini iste'mol etişni xuş köradiganlar va bu jonivorlar boqiladigan xöjaliklar köp, biroq şu paytgaça eçki sutini sanoat kölamida işlab çiqaradigan yirik xöjaliklar yöq edi. Yangi loyihani amalga oşiriş uçun xöjalikka Germaniyadan 294 boş “Zaanen” zotli sut beriş mahsuldorligi yuqori bölgan eçki olib kelindi.  

- Eçki qoramolga nisbatan 10 marta kam ozuqa qabul qiladi,- deydi zootexnik Qobiljon Karimov. - Sut beriş mahsuldorligi esa yaxşi bölib, uning suti dorivor va xaridorgir. Olib kelingan eçkilarning hozirda 50 boşi böğoz ekanligi bu borada ham naslçilikni rivojlantirişimizga imkon beradi.

Qimirlagan qir oşar, deb bejiz aytişmagan. Öz harakatidan baraka körayotgan mazkur fermer xöjaligining kelgusidagi rejalari bisyor. Qolaversa, fermerlik, çorvaçilikka endi qadam qöyayotgan yoşlarga saboq berib kelayotgan, ularni oyoqqa turib olişlariga kömakçi bölayotgan uşbu fermer xöjaligi Özbekiston taraqqiyotiga ham öz hissasini qöşmoqda. “Baxt imkon rivoj çorvasi”da sidqidildan, öz işiga ijodiy yondoşib mehnat qilayotgan bugungi kun insonlari kişiga yangi ğoyalar, yangi ğayrat taqdim etadiki, yurtimizda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, ezgu işlarga qöl urging keladi.

ANDIJON BÖYLAB SAYoHAT>>>