Jahon | 20:01 / 23.05.2017
6141
1 daqiqa o‘qiladi

Qirolicha Manchester aholisiga maktub yo‘lladi

Foto: EPA

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Manchester shahrida ro‘y bergan teraktda qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. U bo‘lib o‘tgan voqeani vahshiylik deb baholagan.

«Butun millat Manchesterdagi qonli hodisa va uning oqibatida insonlar halok bo‘lishidan karaxt ahvolga tushdi. Men bu qo‘rqinchli hodisadan jabrlanganlarning barchasiga chuqur hamdardligimni bildiraman», — deyilgan Bukinghem saroyi tomonidan keltirilgan ta'ziyanomada.

U shuningdek, huquq-tartibot organlari xodimlarining fidoiyligini qayd etib, shahar aholisiga bunday og‘ir vaziyatda o‘zini mardona tutgani uchun minnatdorchilik bildirgan.

22 may oqshomida Manchester shahridagi Manchester Arena stadionida Ariana Grandening konserti vaqtida portlash sodir bo‘ldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, stadiondagi portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 120 kishi jarohatlangan. Hodisa uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid