Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya Manchesterdagi terakt ijrochisi shaxsini aniqladi
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey politsiya Manchesterdagi terakt ijrochisi shaxsi haqida ma'lumotga ega ekanini ma'lum qildi.
BBC News telekanali xabariga ko‘ra, bosh vazir bu haqda COBRA favqulodda qo‘mitasi yig‘ilishidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma'lum qilgan.
Mey xonimning so‘zlariga ko‘ra, portlash bir kishi tomonidan sodir etilgan, u qurbonlar ko‘proq bo‘lishi uchun portlash joyi va vaqtini o‘zi tanlagan.
U terrorchining shaxsini ma'lum qilmagan. Hukumat rahbari kunning ikkinchi yarmida yana brifing o‘tkazilishini va yangi ma'lumotlar berilishini ma'lum qilgan.
U britaniyaliklarni ushbu terakt bo‘yicha tekshiruv olib borayotgan politsiya xodimlariga yordam berishga, mavjud ma'lumotlarni taqdim etishga chaqirgan.
Manchesterdagi portlash amerikalik pop-qo‘shiqchi Ariana Grandening konsertidan so‘ng, 23 mayga o‘tar kechasi yuz berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Manchester Arena stadionidagi portlashda 22 kishi halok bo‘ldi va 59 kishi jabrlandi. Bu Buyuk Britaniya hududida 2005 yildan buyon o‘tgan vaqt ichida sodir etilgan eng yirik teraktdir.
2005 yilning 7 iyulida Londonda xudkush terrorchilar 4ta portlashni amalga oshirgandi — avvaliga metropolitenning uchta poyezdi hujumga uchragan, ko‘p o‘tmasdan Tavistok-skver maydonidagi shahar avtobusi portlatib yuborilgandi. Natijada 52 kishi halok bo‘lib, 700dan ortiq kishi jarohatlangandi.
Xudkushlarning barchasi Birlashgan Qirollik fuqarolari bo‘lgan, ularning uch nafari Buyuk Britaniyada ulg‘ayib, shu yerda ta'lim olgan.
Teraktlar tekshiruvi natijalariga ko‘ra, hech kim sudlanmadi. 2009 yil aprelida maslahatchilar sudi jinoyat tashkilotchilarining sheriklari deb gumon qilinayotgan uch kishini oqladi.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026