Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodda Donald Tramp bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi.
Sammit davomida Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tramp Mirziyoyev bilan suhbatda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan jarayonlarni yuqori baholadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev sammit davomida, shuningdek, Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani, Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu bilan uchrashdi va ular bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga taalluqli bir qator masalalar bo‘yicha fikrlar almashdi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024