Jahon | 19:50 / 24.05.2017
7817
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: Tramp Duterteni maqtadi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining filippinlik hamkasbi Rodrigo Duterteni "giyohvand moddalarga qarshi aql bovar qilmas ishi" uchun maqtadi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.

Duterte "giyohvand moddalar xalqining boshiga tushgan balo ekanligi va o‘z fuqarolari salomatligini saqlab qolish uchun barcha ishni qilishi" bilan javob bergan.  

"Bizda buni anglamagan prezident bo‘lgan edi, men esa buni anglayman", deb aytdi Tramp AQShning sobiq prezidenti Barak Obamani nazarda tutib.

Ta'kidlanishicha, yuqorida keltirilgan parcha Trampning Duterte bilan 29 apreldagi suhbati stenografiyasining bir qismi bo‘lgan. Bu suhbatni Filippin tashqi ishlar vazirligi departamenti oshkor qilgan. Tramp ma'muriyatining yuqori lavozimli vakili bu ma'lumotlar aniqligini tasdiqlagan.  

Avvalroq Tramp Duterte bilan suhbatda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inni "aqldan ozgan" deb atagani ma'lum qilingandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid