Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Axborot», «Davr» va «Poytaxt» informatsion dasturlari yopiladi
«O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» va «Tahlilnoma», «Toshkent» telekanalining «Poytaxt», hamda «Yoshlar» telekanalining «Davr» informatsion dasturlari yopiladi. Bu haqda Milliy teleradiokompaniya (MTRK)ga asoslangan holda UZ24 nashri xabar berdi.
Endilikda, barcha axborot-tahliliy dasturlar «Diyor» kanali va «Toshkent» radiokanali negizida tashkil etilgan «O‘zbekiston 24» telekanali orqali efirga uzatiladi. Yangi kanalning ochilish sanasi hozircha ma'lum emas.
«Axborot», «Poytaxt» va «Davr» «O‘zbekiston 24» telekanali ishga tushgunicha efirga chiqishda davom etadi.
Milliy teleradiokompaniya tarkibida «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori may oyi avvalida imzolangandi.
Telekanal mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va sport sohalarida yuz berayotgan hodisalarni tezkorlik bilan yoritib boradi. Shuningdek, telekanal xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:01 / 12.12.2025
Axborot va raqamli texnologiyalar sohasida davlat nazorati tizimi yangilanadi
18:36 / 17.01.2024
«Jurnalist – tahdidlarga qarshi yaxlit va yagona kuch» - faollar prezidentning milliy kontent yaratishga oid chaqirig‘i haqida
22:56 / 30.05.2020
Deputat: «O‘zbekiston 24» o‘zgarishi shart
23:50 / 15.11.2018