Qarorga muvofiq, mazkur inspeksiya quyidagi sohalarda davlat nazoratini amalga oşiriş uçun mas’ul etib belgilandi: 

  • axborotlaştiriş, telekommunikatsiyalar, poçta aloqasi va raqamli texnologiyalar sohalari;
  • ommaviy axborot vositalarini röyxatga oliş, şuningdek OAV tomonidan qonunçilik talablariga rioya etilişini monitoring va nazorat qiliş;
  • bolalarni soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş.

Qarorga köra, 2027 yil 1 yanvargaça “Raqamli nazorat” platformasi işga tuşirilişi belgilangan. Platforma quyidagi vazifalarni bajarişi közda tutilmoqda: 

  • olis va çekka hududlarni ham qamrab olgan holda, raqamli texnologiyalar hamda telekommunikatsiyalar xizmatlarini monitoring qiliş;
  • axborot tizimlari, resurslari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalaridagi uziliş/töxtalişlar böyiça tezkor çoralar köriş;
  • jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlarining tezkor körib çiqilişini taşkil etiş.