XXI asrda axborot xurujlari eng katta tahdidlardan biriga aylandi. Axborot xavfsizligini ta’minlaş milliy xavfsizlik sohasidagi muhim vazifa bölib qolmoqda. Şunday vaziyatda, davlat suvereniteti va milliy manfaatlar himoyasi uçun erkin OAV maydonga çiqadi. Kun.uz'ning jamoatçilik faollari bilan navbatdagi suhbatida ana şular haqida söz yuritildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 yanvar kuni Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişida axborot xavfsizligi masalalariga töxtalib, Özbekiston axborot makonida milliy kontent yaratişdagi taşabbusni saqlab qolişi kerakligi haqida gapirdi. Xöş, davlati rahbari tomonidan tilga olingan milliy kontent tuşunçasi özi nima? U qanday bölişi kerak? Ayni şu mavzuda media sohasi faollarining fikrlari bilan qiziqdik. Suhbatdoşlarimiz Özbekiston Milliy media birlaşmasi raisi Şerzodxon Qudratxöja, "Fikrat" loyihasi muallifi Ğayratxöja Saydaliyev, siyosatşunos Hamid Sodiq, "Uzreport tv" muharriri Gulnoza Husanova, "Zör tv" jurnalisti Nurzod Vohidov böldi.
Şerzodxon Qudratxöja – Özbekiston Milliy media birlaşmasi raisi
Har bir davlatning jöğrofiyasi – alohida. Özbekistonning bugungi aholisi boşqa bir davlatning ommaviy axborot vositalari ta’sirida yaşay olmaydi. Bu notöğri. Çunki ular özining faoliyatini yoritadi. Bugun biz tuşunişimiz kerakki, Özbekiston juda katta tarixga, madaniyatga, san’atga, bilimlar va ilmlarga boy mamlakat. Televideniye, internetda berilayotgan kontent ham şunga mos bölişi kerak. Ya’ni bizning bugungi milliy media naşrlarimiz xolislik, obektivlik bilan birga tariximizdan kelib çiqadigan, millatimizga ma’qul böladigan kontentlarni işlab çiqişi kerak. Millatimizning öz geografik joylaşuviga köra iste’mol qiladigan milliy taomlari bor, milliy liboslarimiz bor, xuddi şunday milliy kontent ham bölişi kerak.
Gulnoza Husanova – "Uzreport tv" muharriri
Uzoq yillar davomida xalqimiz Rossiya telekanallarini kördi. Axborot, asosan, boşqa bir mamlakat propagandasi bilan şuğullanuvçi manbalardan kirib keldi. Agar katta avlod vakillari bilan gaplaşsangiz, ularning amaldorlarining (rossiyalik amaldorlar) ism-familiyasi bilan tanişadi. Ularning jurnalistlari gapirgan gapni haq deb bilişadi yoki haqiqatni sözlaydi deb tuşunişadi. Bu propagandaning kuçi va ta’siridir. Milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan ham bizda kuçli, mustaqil ommaviy vxborot vositalari bölişi kerak. Milliy mediamakonda har qanday tahdidga munosib javob bera oladigan tahliliy materiallar – kontentlar yaratilişi şart. Buning uçun yaxşi kadrlar, haq gapni gapirişdan qörqmaydigan jurnalistlar armiyasi şakllanişi zarur.
Hamid Sodiq – siyosatşunos
Özbekiston axborot makoni degan tuşunçani mamlakatimizga bugungi kunda ta’sir körsatayotgan, katta axborot bosimi va yuklamasini berayotgan, davlatlar yoki axborot sub’yektlaridan himoyalangan (ya’ni himoyalangan deganimizda davlatning yopilişi nuqtai nazaridan emas, balki davlat içidagi axborot aylanişi erkinligi nuqtai nazaridan), tahlillarning kuçliligi asosida yaratilgan axborot maydoni sifatida tavsiflasak böladi. Aynan prezidentimiz tomonidan Xavfsizlik Kengaşining kengaytirilgan majlisida bu narsaga e’tibor qaratilgani juda ham muhim hisoblanadi. Davlat rahbari mazkur masalani boşqa yiğilişlarda ham aytişi mumkin edi. Lekin uşbu mavzu harbiylar içida tilga olindi. Bugungi kunda davlat harbiy xavfsizligi asosining teng yarmini axborot xavfsizligi taşkil etadi. Axborot xavfsizligi bevosita tahliliy ma’lumotlar bilan boğliq bölişi va xalqqa real voqealarni yetkaziş muhimligini prezidentning aynan şu nutqidan bilişimiz mumkin.
Demak, axborot maydonining eng muhim xususiyati şundan iboratki, bu yerda propaganda bölmasligi kerak, bu yerda milliy manfaatni közlagan holda dunyoda yuz berayotgan geosiyosiy voqealarga baho beriş masalasi körilyapti.
Prezident öz nutqida aytyaptiki, bunday jarayonda Özbekistonning siyosiy tizimiga ham, siyosiy institutlariga ham yetarliça bosim ötkaziladi va ularga nisbatan tanqid böladi .
Ğayratxöja Saydaliyev – "Fikrat" naşri jurnalisti
Milliylikka urğu beriş, alohida böliş – konservatizm sifatida baholanar edi. Bugungi globalizm davrida köryapmizki, hozirda haqiqatdan har bir davlatning öziga xos jihatlari, hamma narsasi öziniki bölsa yaxşi ekan. Birovga boğliqlikni maksimal darajada kamaytiriş lozim. Agar bu bevosita xavfsizlikka ta’sir etadigan bölsa, mutlaqo çeklaş masalasini körib çiqiş zarur.
Axborot sözi bilan birga doim xavfsizlik masalasi keladi, çunki bu insonni boşqaradi. Inson esa jamiyatning bir a’zosi sifatida boşqaruvda iştirok etadi. Şuning uçun axborot xavfsizligi masalasiga jiddiy qaralyapti. Milliy kontent terminini axborotlaştiriş, axborot sohasidagi ma’lumotlarni milliylaştiriş deb tuşuniş mumkin. Bir söz bilan aytganda, milliy kontent yaratiş – milliy axborot maydonini taşkil etiş va uni töldiriş.
Siz mustaqil tarzda axborot maydonini yaratişingiz mumkin – texnik resurslar, moddiy-moliyaviy tomondan insonlar quvvati bunga yetadi, ayniqsa, davlatning salohiyati bu narsaga bemalol yetadi. Lekin u maydon heç qanday kuçga ega bölmaydi, agar u özingiz tomoningizdan töldirilmasa, çetdan töldiriladi.
Nurzod Vohidov – "Zoʻr tv" jurnalisti
Milliy kontent deyilganda, Özbekistonning tarixi, madaniyati, milliy urf-odatlari, yillar davomida şakllangan an’analarimizni qaysidir ma’noda sodda va qiziqarli qilib yetkazib beriş tuşuniladi. Çunki avvallari ma’lumotning tuşunarliligi birinçi örinda turgan bölsa, hozirda uning qiziqarlilik darajasi muhim rol öynayapti. Nima uçun? Odamlar şu darajada “erinçoq” bölib qoldiki, hatto Instagram ijtimoiy tarmoğiga joylangan bir daqiqalik videoni ham oxirigaça körmayotganlar bor. Bunday şaroitda auditoriya e’tiborini uşlab turiş uçun tayyorlangan kontentlarning dactlabki ön soniyasidan odamlarni qiziqtira oliş kerak.
Qöpol qilib aytadigan bölsak, bugun ijtimoiy tarmoqlarda blogerlikka da’vo qilayotganlarning aksariyati tuturuği yöq gaplar, raqs ham deb bölmaydigan harakatlarni amalga oşirmoqda. Şuning ortidan öziga obunaçi yiğgan va natijada özini kontentmeyker yoki bloger, vayner deb e’lon qilgan. Kuzatuvçilar soniga qaraydigan bölsak, alam qilarli darajada(!) Sababi professional yondaşadigan, tomoşabinga ma’naviy ozuqa bera oladigan, fikrlaşga çorlaydigan insonlarning ijtimoiy tarmoğini kuzatsangiz, obunaçilari soni juda kam. Va ular qoldirayotgan postga layk va izohlar ham sanoqli. Lekin turli xil ğalati gaplarni gapirib çiqadiganlarni bugun köpçilik kuzatyapti. Agar mana şu narsa davom etadigan bölsa, bir neça ön yillikdan keyingi saviyani tasavvur qilgan odam qörqişi, havotirga tuşişi kerak. Çunki saviya darajasi sezilarli pasayyapti.
Jurnalistlar qanday şaroitda faqatgina yangiliklarni yetkazuvçi emas, balki vatanni himoya qiluvçi figuraga aylanadi? Ular Özbekistonga daxl qilişi mumkin bölgan zamonaviy tahdidlarga qarşi yaxlit va yagona kuç böla oladimi?
Şerzodxon Qudratxöja – Özbekiston Milliy media birlaşmasi raisi
Albatta, har bir jurnalist vatan himoyaçisi. Bugun uşbu soha vakillarining har birida nafaqat professional bilim, balki faol fuqarolik pozitsiyasi ham bölişi kerak. Aslida mamlakat içida yuz berayotgan ma’lum ijtimoiy hodisalar, muhim jarayonlarda kasbining ustasi bölgan jurnalist özining faol fuqarolik pozitsiyasini körsatadi. Buni boşqa davlatlar misolida ham körişimiz mumkin. Yana bir jihati, mamlakatning har tomonlama rivojlanişiga ma’lum bir sub’yektiv omillar xalaqit beradi. Masalan, korrupsiya, ba’zi bir taşabbuslarga nisbatan negativ harakatlar. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar davlat rahbarining yordamçilari hisoblanadi. Qaysi hududda qanday jarayonlar keçyapti, ayniqsa, çekka tumanlarda nimalar bölyapti, jamiyatimizning rivojlanişi, uning yanada kuçli bölişiga tösiq bölayotgan qanday muammolar bor, mana şu kabi savollarning barçasini oçib beruvçi, ma’lum qiluvçi kuç bu – jurnalist.
E’tibor qaratadigan bölsak, milliy mediadagi kontentlarning katta qismi maqtovçi, pozitiv lavhalar. Keling, tahliliy jurnalistikani ham rivojlantiraylik. Nima uçun tahliliy jurnalistika kerak? Buni bir misol yordamida tuşuntirib beraman. Xitoy davlatining 1,5 mlrd aholisiga yiliga 8 mln odam tuğilyapti, Hindistonning 1,5 mlrd aholisiga 13 mln odam dunyoga kelyapti. Va Özbekistonning 40 mlnga yetmagan 36 mln aholisiga yiliga 1 mln odam qöşilyapti. Bitta oilada örtaça 5-6 nafargaça odam soni ortyapti. Lekin ota-onalar bolalarining salomatligini töliq ta’minlayaptimi, yaxşi yediryaptimi, unga sifatli ta’lim beryaptimi, kasb-hunarga örgatyaptimi? Bolani dunyoga keltirib, uni tarbiyalaş işlarini “davlat qilsin” deb bee’tibor qoldiriş – mutlaqo notöğri.
Özbekiston iqtisodiyoti hammani birdek iş bilan ta’minlaşga ulgurmayapti. Bu - tabiiy jarayon. Çetga ketayotgan farzandlarimiz qora işçi emas, intellekt bilan şuğullanadigan kasblarda faoliyat yuritişi uçun tilni bilişi kerak, kompyuter texnologiyalarini tuşunişi kerak.
Yangi avlod uçun yiliga qança maktab, qança boğça qurilişiga ehtiyoj bor? Aynan şu kabi masalalarni çuqurroq bilişimiz va anglaşimiz uçun bizga tahliliy kontentlar zarur. Vatanni himoya qiliş deganda faqat korrupsiya haqida gapiriş, birovning tirnoği ostidan kir qidiriş emas, balki kelajak uçun tahliliy milliy kontent maydoni yaratişdek jiddiy masalalarni ham tuşunişimiz kerak.
Gulnoza Husanova – "Uzreport tv" muharriri
Bir mamlakatning mustaqilligi, suverenitetiga tahdid qiliş uçun bugun qurol bilan qörqitiş yoki harbiy tajovuz qiliş şart emas. Internet asrida axborot hurujlari eng katta tahdidga aylandi. Özbekistonga ham bunday zamonaviy tahdidlar tez-tez uçrab turibdi. Çamasi bir oy avval rossiyalik amaldor Zaxar Prilepin aytgan sözlarni eslang: “Özbekistonning 2 mln fuqarosi bizning hududimizda ekan, biz sizning hududingizga keyinçalik da’vo qilamiz, Özbekiston hududini özimizga qöşib olişimiz mumkin. Bizga buni kim ta’qiqlaydi? Heç kim”, - degan edi. Mazkur gaplari bilan u mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy daxlsizligiga çang soldi. Aynan uşbu hodisa haqida mamlakatimizdagi bir qança naşrlar, blogerlar yozişdi. Ommaviy axborot vositalari birinçi bölib bu haqida gapirdi. Şundan keyingina senator, deputat, jamoatçilik faollari öz munosabatini bildirdi. Albatta, bu yaxşi tendensiya. Jurnalistlar mana şunday tarzda zamonaviy tahdidlarga qarşi bir kuç bölişi kerak. Faqat Kun.uz, Gazeta.uz, Uzreport tv kabi naşrlar yozsa-yu, qolganlar jim tursa, kamçilikning ovozi yaxşi eşitilmasligi mumkin. Lekin hamma şu narsa haqida gapirsa, şu haqida yozsa, taşqaridan bizga duşmanlik közi bilan qarayotganlar ham qörqişi mumkin.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Xavfsizlik Kengaşi vakillari bilan bölib ötgan yiğilişda ommaviy axborot vositalaridagi tanqidlarga ham munosabat bildirdi. Xususan, davlatimiz rahbari “Har qanday tanqidga javob beriş kerak. Jurnalist haq bölsa, buni tan olişimiz kerak” deya ta’kidlab ötdi.
Aytiş joizki, senzura – haqiqatlarga qora parda tutadigan harakat. Agar jurnalistlarga erkinlik berilmasa, soha vakillari ta’qib va tazyiqlar ostida qolişda davom etaversa, ular ijodkor emas, özining maişiy masalalarini hal etiş uçun qalam tebratayotgan kasb egasiga aylanadi, qoladi. Aynan şunday vaziyatlarda milliy axborot makoni taşqaridan kelayotgan ma’lumotlar bilan töldiriladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlaş milliy xavfsizlik sohasidagi muhim vazifa bölib qolmoqda. Bu borada, jurnalistlarga katta işonç bildirilyapti. Amaldor va mas’ullardan esa jurnalistlarning erkin ijod qilişiga tösiq bölmaslik, xolislik va oçiqlikni ta’minlaşga yordam beriş söralmoqda. Şuni yodda tutiş lozim, bugungi globallaşuv va integratsiyalaşuv şaroitida, milliy manfaatlarni himoya qiliş va adolatli boşqaruvni ta’minlaşda jurnalistlarning haqiqat uçun qiladigan mehnati muhim, ularning faoliyatiga aralaşişga esa yöl qöyib bölmaydi.












