Fan-texnika | 08:35 / 25.05.2017
11354
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda eng ko‘p kolleksiya qilinuvchi mashinalar qaysilar ekanligi ma'lum qilindi

Foto: motor.ru

Klassik avtomobillar bilan ishlashga ixtisoslashgan ClassicCars.com portali AQShda eng ko‘p kolleksiya qilinuvchi mashinalar reytingini ma'lum qildi. Bu reyting tashkilot saytiga 2016 yilda qilingan qidiruv murojaatlari asosida tuzildi.

Portalda turli yillarda ishlab chiqarilgan klassik Ford Mustang eng ko‘p qidirilgan. Bu model 50 ta shtatdan 13 tasida eng ko‘p qidirilgan. 2-o‘rinni Chevrolet Impala egalladi, u 7 shtatda eng ko‘p qidirilgan. 3-o‘rinni Camaro egalladi, unga 5 ta shtatda eng ko‘p murojaat bo‘lgan.

Reytingning keyingi pog‘onalarini Chevrolet Corvette, Dodge Charger va Ford Thunderbird egallagan, ular 3 shtatda eng ko‘p qidirilgan.

Qidiruvlar bo‘yicha birinchi bo‘lgan yagona xorijiy brend Mercedes-Benz bo‘ldi. Konnektikut shtatida nemis markasining 250SE modeli eng ko‘p qidirilgan.

2016 yilda hammasi bo‘lib saytga "Mustang"larni qidirish bo‘yicha 3 736 942 ta unikal murojaat bo‘lgan. AQShda ishlab chiqarilmagan mashinalar orasida Volkswagen minivenlari eng ko‘p qidirilgan (240 646 ta murojaat).
 
ClassicCars.com portali o‘zini kolleksiya qilinuvchi mashinalarni sotish bo‘yicha dunyodagi eng katta maydoncha deb ta'riflaydi. Saytda bir vaqtning o‘zida turli shaxslar, dilerlik markazlari va auksion uylardan 30 mingtagacha klassik avtomobil taklif qilinadi.  

Mavzuga oid