Gap avtomobil sanoatidan ketar ekan, AQŞ avtomobilsozlarini eslamasdan iloji yöq. 1890-yillarda Genri Ford okean ortida birinçi bölib avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyani oçgan edi.

1900-yillar boşlarida esa AQŞda avtomobillarni konveyer usulida işlab çiqaruvçi bir neçta kompaniya işlardi. Ularda önlab turdagi avtomobillar tayyorlanardi.

1920-yillarda AQŞ avtomobil bozorini uçta kompaniya - General Motors, Ford Motor Company va Chrysler Corporation egallab bölgan edi. “Katta Detroyt uçligi” deb nomlangan bu kompaniyalar 1928-1932 yillarda AQŞda yuz bergan moliyaviy va iqtisodiy inqirozdan ham amallab omon çiqqan edi.

Ford Motor Company tarixi

Ford Motor Company kompaniyasini 1903 yilda AQŞning Detroyt şahrida Genri Ford taşkil etgan edi. Ford dastlab beş nafar investordan olgan 28 ming dollar bilan iş boşlaydi.

Genri Ford va uning avtomobil işlab çiqaruvçi zavodi
www.alamy.com

Kompaniyaning birinçi avtomobili “Model A” deb nomlanardi. Dastlabki yilda undan 1708 dona işlab çiqarib sotişadi.

1904 yilda Ford Kanadada ham avtomobil işlab çiqaruvçi korxonasini işga tuşiradi. 1908 yilda kompaniya Yevropada birinçi bölib Parijda öz savdo uyini taşkil etadi.

Kompaniyani maşhur qilgan model 1907-1929 yillar oraliğida işlab çiqarilgan Ford Model T avtomobili edi. Birgina 1909 yilda kompaniya undan 10 ming dona tayyorlab sotadi. Umumiy hisobda Ford Motor Company Ford Model T avtomobilidan 15 mln (!) dona işlab çiqargan.

Ford Motor Company 1913 yildan boşlab avtomobillarni konveyer usulida işlab çiqara boşlaydi. Natijada kompaniya tayyorlayotgan avtomobillar narxi sezilarli arzonlaşadi.

Masalan, 1909 yilda 950 dollar sotilgan Ford Model T 1920 yillarda 250 dollargaça arzonlab ketadi. Natijada kompaniyaning savdo körsatkiçlari keskin oşadi.

Kompaniya birinçi jahon uruşi paytida avtomobillardan taşqari aviatsiya dvigatellari, tanklar va qurol-yaroqlar işlab çiqaradi va yaxşi foyda köradi.

1922 yilda kompaniya AQŞdagi yana bir avtomobilsozlik kompaniyasi bölgan Lincoln Motor Company’ni sotib oladi.

1926 yilda Ford Motor Company özining eng köp sotilgan Ford Model T avtomobilini işlab çiqarişni töxtatadi va uning örniga yanada zamonaviyroq bölgan Ford Model A’ning yangilangan rusumini işlab çiqara boşlaydi.

www.mafca.com

1928 yilda AQŞda iqtisodiy va moliyaviy inqiroz boşlanganda kompaniya avvaliga Britaniyada, söng Germaniya öz zavodlarini oçadi.

Şuningdek, SSSRda Ford Motor Company’ga tegişli bölgan avtomobillarni GAZ-A va GAZ-AA nomlari ostida işlab çiqarilişi böyiça foydali şartnoma imzolaydi.

Salmoqli summa evaziga SSSRga zavod liniyalari va ehtiyot qismlar işlab çiqaruvçi uskunalar yetkazib beriladi. Kompaniya xodimlari kelib uskunalarni örnatib, zavodni işga tuşirib berib ketişadi.

Ikkinçi jahon uruşi boşlangaç AQŞ Mudofaa vazirligi Ford Motor Company’ga juda katta buyurtmalar beradi. Oqibatda kompaniya juda yaxşi foyda köradi.

Uruş tugagaç kompaniya rivojlanişda davom etadi. Korxonalar va işçilar soni köpayadi. Foyda salmoği ortadi.

2022 yilda Ford Motor Company avtomobil işlab çiqarişda AQŞda General Motors korporatsiyasidan söng ikkinçi, jahonda esa Toyota, Volkswagen Group, Hyundai Motor Group, Stellantis va General Motors’dan söng oltinçi örinni egallaydi.

2023 yilda kompaniya 3,95 mln dona avtomobil sotgan va bu körsatkiç böyiça dunyoda 8-örinni egallagan. Kompaniyaning avtomobillari orasida 1960-yillarda işlab çiqarilgan Ford Mustang juda maşhur. Kompaniya bu avtomobilni 60 yildan buyon hanuzgaça yangilangan körinişda işlab çiqarmoqda.

www.wallpaperup.com

Ford Mustang tarixi

Ford Motor Company’ning muvaffaqiyatli loyihalaridan biri bölgan Ford Mustang avtomobili loyihasi ilk bor 1962 yilda tayyorlangandi.

Bu avtomobil sport maşinalari rusumida bölib, uning dastlabki varianti rodster (ikki örindiqli avtomobillar şunday nomlanadi) turiga mansub edi.

1964 yil 9 mart kuni kompaniya konveyerlaridan dastlabki Ford Mustang çiqadi. Maşina dizayni juda çiroyli bölib, öşanda u darhol avtoişqibozlarning e’tiborini tortadi.

1964 yil 17 aprel kuni Nyu-Yorkda jahon sanoat körgazmasi boşlanadi. Ford Motor Company özining yangi avtomobilini körgazmada namoyiş etgaç, unga köplab buyurtmalar tuşadi.

auto.bigmir.net

Yil oxirigaça Ford Motor Company 263 ming dona Ford Mustang tayyorlab sotişga muvaffaq böladi. Öşa paytda bu zör körsatkiç edi.

Keyinçalik kompaniya Ford Mustang avtomobillarining dizaynini zamonaviylaştirib, dvigatel quvvatini oşirib boraveradi.

1967 va 1969 yillarda işlab çiqarilgan avtomobillarning körinişi dastlabkilaridan biroz farq qilardi.

Birinçi avlod. Ford Motor Company tomonidan işlab çiqarilgan dastlabki Ford Mustanğlar birinçi avlod avtomobillari hisoblanadi. Ular 1964 yildan 1973 yilgaça işlab çiqarilgan.

Avtomobilga 102 ot kuçiga ega bölgan 2,8 litr hajmli dvigatel örnatilgan bölib, u soatiga 150 kilometrgaça tez yura olardi.

avtoindex.com

Mijozlarga Ford Mustang uç xil kuzovda – kupe, fastbek va kabriolet körinişida taklif etiladi. Avtomobil 2 368 dollardan (hozir 18 500 dollar böladi) sotuvga çiqarilgan.

Birinçi avlod maşinalari 1973 yilgaça işlab çiqarilgan. 10 yil davomida kompaniya undan qariyb 3 mln dona sotişga muvaffaq böladi.

Ikkinçi avlod. 1973 yilda kompaniya Ford Mustang avtomobillarining ikkinçi avlodini ommaga taqdim etadi. U dastlabki modeldan kuzov va salondagi özgarişlardan taşqari, dvigatel quvvatining oşirilgani bilan ança farq qilardi.

avtoindex.com

Ikkinçi avlod maşinalari tört xil dvigatel bilan jihozlangan holda ikki xil – ikki eşikli kupe va uç eşikli xetçbek körinişida işlab çiqariladi.

Uşbu avtomobillardan 5 yilda 1,1 mln dona sotiladi. Öşa paytlarda uning narxi 3 134 dollar bölgan.

Uçinçi avlod. 1978 yilda kompaniya Ford Mustang avtomobillarining uçinçi avlodini işlab çiqara boşlaydi. Bu rusumda avtomobil kuzovi avvalgi ovalsimon körinişdan qirrali qilib özgartirilgandi.

Uçinçi avlod avtomobillari avvalgilaridan biroz uzun edi. Ular 118 dan 203 ot kuçiga ega bölgan 2,3 litr hajmli dvigatellar bilan jihozlangan edi.

Kompaniya uçinçi avlod avtomobillarini 1993 yilgaça işlab çiqargan va 15 yil davomida ulardan 2,6 mln dona sotilgan. Mazkur rusum Amerika bozorida bir muddat Mercury Capri nomi ostida sotilgan.

Pinterest

1987 yilda kompaniya uçinçi avlod avtomobillarini restayling qilib biroz özgartiradi. 1990 yildan boşlab Ford Mustang avtomobillariga xavfsizlik yostiqçalari örnatila boşlanadi.

1984 yilda Ford Mustang işlab çiqarila boşlanganiga 20 yil tölişi munosabati bilan çeklangan miqdorda Ford Mustang GT350 avtomobili tayyorlanadi.

Xetçbek va kabriolet körinişida çiqarilgan 5 100 dona avtomobil tez fursatda sotilib ketadi. Çeklangan miqdorda bölgani uçun Ford Mustang GT350 odatiy rusumlardan ança qimmat narxlarda sotiladi.

Törtinçi avlod. 1993 yilda Ford Motor Company törtinçi avlod avtomobillarini ommaga taqdim etadi. Bu rusumda kompaniya qirrali kuzovdan voz keçib, avtomobillarni yana avvalgiday çetlari ovalsimon kuzovda çiqara boşlaydi.

avtoindex.com

Törtinçi avlod maşinalari 3,8 dan 4,9 litr hajmli, 147 dn 193 ot kuçiga ega bölgan dvigatellar bilan jihozlanadi. Mustang GT, Mustang Cobra va Mustang Mach I rusumlari esa 4,6 litr hajmli, 218 dan 243 ot kuçiga ega bölgan dvigatellar örnatilgandi.

Bu rusum avtomobillarida salon unga taşqi şovqin ötmasligi uçun yanada kuçliroq jihozlanadi. 11 yilda törtinçi avlod avtomobillaridan 1,6 mln dona sotiladi. Öşa paytda uning narxi 10 810 dan 13 365 dollargaça bölgan.

Beşinçi avlod. 2004 yilda Ford Mustang avtomobillarining beşinçi avlodi sotuvga çiqariladi. Bu rusum bir qaraşdayoq avvalgilaridan ança zamonaviy körinardi. Şuningdek, uning saloni ham zamonaviy tarzda jihozlanadi.

mustangforums.com

Beşinçi avlod avtomobillariga 4,0 litr hajmdagi 231 ot kuçiga ega va 4,6 litr hajmli 304 dan 450 ot kuçiga ega bölgan dvigatellar örnatilgandi. Maxsus buyurtmaga köra beşinçi avlod avtomobillari 5,4 va 5,8 litr hajmli, 672 ot kuçiga ega bölgan dvigatel bilan ham tayyorlab berilgan.

Beşinçi avlod avtomobillarining narxi 19 000 dollardan boşlangan. Ot kuçi oşib borgani sari uning narxi balandlaşgan. Maxsus buyurtma bilan çiqarilganlari qimmatroqqa sotilgan.

Oltinçi avlod. 2014 yildan boşlab kompaniya oltinçi avlod avtomobillarini sotuvga çiqaradi. Hozirça bu rusumni işlab çiqariş davom etmoqda.

Oltinçi avlod avtomobillarining oddiy variantiga 2,3 litr hajmli, 317 ot kuçiga ega bölgan turbo dvigatel, yana bir variantiga esa 5.0 litr hajmli, 421 ot kuçiga ega dvigatel örnatilgan.

Oltinçi avlod Ford Mustang
www.ford.co.uk

Oltinçi avlod avtomobillari AQŞ bozorida eng arzoni 25 ming dollardan boşlanadi. Yevropada esa 35 ming yevrodan (bojlar hisobga olingan holda) sotilmoqda.

Ford Motor Company’da işlar yaxşimas

2023 yil fevralda Ford Motor Company yillik hisobotini e’lon qildi. Unga köra, kompaniya 2022 yilda 2 mlrd dollar zarar körgan. Undan avvalgi yillarda esa kompaniya salmoqli foyda bilan çiqqandi.

Oqibatda kompaniya 2023 yilda bir neça ming xodimni işdan böşatdi. Katta ehtimol bilan bu jarayon kelajakda davom etadi. Kompaniyaning moliyaviy direktori Jon Louyer 2022 yilda 100 ming dona avtomobil sotilmasdan qolib ketganini ma’lum qilgan.

Agar jahon bozorida garçi yangi bölsa-da, bir yil avval işlab çiqarilgan maşinalarga talab yöqligi inobatga olinsa, qolib ketgan maşinalar utilizatsiya qilinadi.

Ford pikaplari juda xaridorgir hisoblanadi
www.autonews.com

Şu tufayli kompaniya foyda örniga zarar köradi. Jon Louyerga köra kompaniya juda yuqori xarajatlar va tizimning yomon optimizatsiya qilinişi tufayli yana bir mlrd dollar zarar körgan.

Şuningdek, Xitoyning öz avtosanoati rivojlanib, Ford maşinalariga bölgan talabning keskin tuşib ketişi ham kompaniyaga salmoqli zarar keltirgan.

Bundan taşqari, xitoylik avtomobilsozlar nafaqat öz bozorlaridan, balki dunyo bozoridan ham Ğarb avtomobilsozlik kompaniyalarini siqib çiqarmoqda.

Oqibatda dunyo böylab Ğarb kompaniyalarida işlab çiqarilgan avtomobillarining savdosi pasayib, Xitoy avtomobillari sotuv hajmi oşib bormoqda.

Turli mutaxassislarga köra, bundan buyoğiga Ğarb va Xitoy avtomobilsozlik kompaniyalari örtasidagi raqobat kuçayib boraveradi. Arzon işçi kuçi va narxlarning birmunça arzonligi hisobiga xitoyliklar yutib ketadi.

Ford Mondeo
www.autoblog.com

Töğri, hozirça Xitoyda işlab çiqarilayotgan avtomobillar sifat böyiça Ğarb kompaniyalarida tayyorlanayotgan avtomobillar bilan bellaşa olmaydi.

Biroq bundan atigi 5-6 yil avvalgi vaziyat bilan taqqoslaganda Xitoy avtosanoati keskin rivojlandi va sifat ham yangi darajaga çiqdi. Mutaxasisilar yana 4-5 yildan söng Xitoy avtomobilsozlari hatto sifat böyiça ham Ğarb avtomobilsozlarini quvib yetişini aytişmoqda.

Şundan kelib çiqadigan bölsak, kelajakda Ford Motor Company va boşqa Ğarb kompaniyalariga oson bölmaydi va ular işlab çiqarişni qisqartirişda va xodimlarni işdan böşatişda davom etişadi.

Ford Mustang haqida qiziqarli ma’lumotlar

Ford Motor Company ikki kişilik sport avtomobili loyihasini tayyorlayotganda uning işçi nomi Cougar bölgan. Biroq Mercury kompaniyasi otni qamçilab qoladi va özining yangi rusumdagi avtomobilini Cougar deb nomlaydi. Şundan söng Ford öz avtomobilini Mustang deb özgartirişga majbur böladi.

Ford Mustang dunyodagi televideniyeda reklama beriş orqali sotilgan ilk avtomobil hisoblanadi.

Ford Mustang tijoriy avtomobillar orasida AQŞ prezidenti buyurtma berib sotib olgan birinçi avtomobildir. Jon Kennedi vafotidan söng uning örniga AQŞ prezidenti bölgan Lindon Jonson 1964 yilda öz rançosida foydalaniş uçun Ford Mustang Convertible avtomobilini buyurtma qilib sotib oladi.

Ford Mustang Convertible
Bring a Trailer

Ford Mustang avtomobillari eskirib borgan sayin qimmatroq narxga baholanadi. Ulardan biri 2020 yilda 3,4 mln dollarga sotildi. 1968 yilda bu avtomobildan “Bullit” detektiv filmida boş qahramon foydalangan.

Ford Mustang ilk işlab çiqarilganida sotilişi böyiça ikkita jahon rekordi örnatgan. Avtomobil savdoga çiqarilgaç 1 yil içida (365 kunda) 418 ming dona, ikki yilda (24 oyda) 1 mln dona sotilgan. Jahondagi heç bir avtomobil bu körsatkiçdan ötib keta olmagan.

Ford Mustang har doim arzon narxlarda sotilgan. Ilk savdoga çiqarilgan paytda uning narxi 2 368 dollar (hozirgi paytda bu summa 21 672 dollarga töğri keladi) sotilgan. Hozirda esa bu avtomobilning eng arzonlari 27 ming dollardan boşlanadi.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi.