Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Şoazim Minovarovning ma'lum qilişiça, markazning ma'muriy va asosiy binolarini quriş, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş borasidagi işlarga homiylik qilayotgan vatandoşimiz, ayni paytda Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilib kelayotgan tadbirkor Alişer Usmonov Islom sivilizatsiyasi markaziga qiymati 8 million dollarga teng bölgan 4 923 nomdagi nodir kitoblar kolleksiyasini tuhfa qildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

– Uşbu bebaho kolleksiyadan şarqşunoslik va islom olamining Yevropaga ta'siriga doir XIII asrdan boşlab to hozirga qadar çop etilgan lotin, ingliz, fransuz, nemis tilidagi noyob kitoblar jamlangan, – deydi Ş.Minovarov. – Mavjud 4 923 kitobning ingliz tilidagi katalogi ayni paytda özbek tiliga tarjima qilinmoqda. Nodir kitoblar orasida Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobining ilk lotinça tarjimasi ham bor. Şuningdek, öta noyob sanalgan “Musulmon manbaalarini tarjima qiliş uçun lotinça-arabça luğat” nomli qöllanma ham mavjud.

Beruniy, Farğoniy singari uluğ ajdodlarimizning ayrim asarlari yöqolib ketgan, bizgaça yetib kelmagan. Ammo bu asarlarning lotin tilidagi tarjimalari saqlanib qolgan. 1200-1300 yillarga taalluqli öşa lotinça-arabça luğatlar yordamida ajdodlarimizning lotin tilidagi ilmiy merosini asliyatda qanday bölganini bemalol örganişimiz mumkin.

Uşbu noyob kolleksiya madaniyat va san'at homiysi hisoblangan vatandoşimizning xalqimizga bebaho tuhfasidir, deyiladi xabarda.