Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tun” tadbirlari davomida 40dan ziyod qimorxona aniqlandi
Andijon viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda shahar, tuman IIBlari tomonidan o‘tkazilayotgan "Tun" profilaktik tadbirlari davomida bir qator qonunbuzarliklar aniqlanmoqda. Bu haqda “Kun”ga Andijon viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mart oyida boshlangan tadbirlar natijasida shu kungacha 26 ta jinoyat aniqlanib, 17 ta jinoyatning oldi olindi. Shuningdek, 15 nafar qidiruvdagi shaxs ushlanib, 10 ta mayda tashmachilik holatining oldi olindi. Bundan tashqari, 46 ta qimorxona hamda 12 ta boshqa qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. Sutkaning soat 19:00dan 6:00 gacha olib borilayotgan “Tun” tadbirlari o‘z samarasini berib, viloyatda jinoyatchilikning keskin kamayishiga erishilmoqda.
Xizmatoldi yo‘riqnomalarida ichki ishlar xodimlari ham jamoatchilik yordamiga alohida e'tibor qaratmoqda. Tuman hokimliklari tomonidan transport vositalari ajratilib berilmoqda. Xilvat ko‘chalar va ko‘p qavatli uylar atrofi patrul postlar nazoratiga olingan.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026