Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiya bug‘doyi va kungaboqar yog‘i importini chekladi
Turkiya Rossiya bug‘doyi importiga, shuningdek kungaboqar yog‘ini bojxona to‘lovlarisiz yetkazilishiga nisbatan yangi cheklovlarni kiritdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
Rossiya qishloq xo‘jaligi sohasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur cheklovlar haqida hozircha rasman ma'lum qilinmagan. Turk eksportchilarining aytishicha, ushbu tashabbus mamlakatning iqtisodiyot vazirligiga emas, ularning o‘ziga tegishli. Ular vaziyat o‘zgarishi mumkinligiga ham ishora qilishgan.
Cheklovlarga doir ma'lumot yaqindagina ikki mamlakatning "o‘zaro savdo-sotiq sohasidagi cheklovlarni bekor qilish kompleks qarori"ga oid kelishuv fonida paydo bo‘lgan. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva va Anqara savdodagi cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilayotgani, kungaboqar yog‘iga doir cheklovlardan xabari yo‘qligini aytgan.
22 may, dushanba kuni Rossiya va Turkiya Istanbulda savdodagi cheklovlarni bekor qilishga doir hujjatlarni imzolashgandi. Shunday bo‘lsa-da, RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev Turkiya pomidoriga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar o‘z kuchini saqlab qolishini aytgan edi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
12:13 / 19.06.2026