O‘zbekiston va Tojikiston vazirliklararo maslahatlashuv o‘tkazdi
24-25 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etish uchun Tojikiston Republikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Parviz Sodiqiy boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Maslahatlashuvlar davomida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasi inventarizatsiyadan o‘tkazildi, tomonlar ko‘rib chiqayotgan hujjatlarning loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar chog‘ida xalqaro shartnomalarni tuzish va ularning bajarilishi borasida O‘zbekiston va Tojikiston qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ham ma'lumot almashildi.
Mavzuga oid
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
18:54 / 09.10.2024