Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada 91 mahbus qamoqdan qochib ketdi
Braziliya shimolidagi Riu-Grandi-du-Norti shtatidagi qamoqdan kamida 91 mahbus qochib ketdi.
Telesur telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, mahbuslar tong vaqtida 30-40 metrlik tunnel orqali qochishgan. Ular qo‘riqchilarning e'tiborini chalg‘itish uchun turma ichida tartibsizliklar uyushtirishgan.
Xavfsizlik kuchlari Paraiba va Riu-Grandi-du-Norti shtatlari chegaralaridagi 36 ta shaharda qochoqlarni qidirish bo‘yicha operatsiyani olib borishmoqda va 8 nafar qochoqni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Turma rahbariyatining ta'kidlashicha, mahbuslar qochgandan keyin ularni olib ketish uchun ikkita mashina va mototsikl kelgan. Qochoqlar oddiy kiyimlarga kiyinib olishga muvaffaq bo‘lganlar.
Ta'kidlanishicha, 2017 yil yanvarda xuddi shu turmadan 14 mahbus qochib keta olgan.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026