Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obameyang «Borussiya»dan ketishni istamoqda. Unga uch jamoa talabgor
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang jamoani o‘zgartirish niyatida.
Bild nashri ma'lumotiga ko‘ra, gabonlik futbolchi bu haqda «Borussiya» rahbariyati bilan gaplashdi hamda unga boshqa klubga o‘tishga ruxsat berishlarini so‘radi. Xabar qilinishicha, Obameyangga «Milan», «PSJ» va Xitoyning «Tyantszin Tsyuantszyan» jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining nemislar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. U yakuniga yetgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 45 uchrashuvda maydonga tushib, 39ta gol urdi va 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 2013 yilda «Sent-Eten»dan «Borussiya»ga o‘tganidan beri esa u 119 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026