Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika «Kitob bayrami»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
25 may kuni soat 11.00 dan Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida «Adabiyotga e'tibor - kelajakka, ma'naviyatga e'tibor» shiori ostida Respublika «Kitob bayrami» o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbir O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Respublika «Kitob bayrami» o‘tkazilishining asosiy maqsadi noshirlik va matbaa sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning mazmun-mohiyatini, o‘zining noyob iste'dodi va mahoratini xalq ma'naviyatini yuksaltirishga bag‘ishlagan, inson qalbining muhandislari bo‘lgan ijodkorlarni qo‘llab quvvatlashga davlat darajasida berilayotgan e'tiborni keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko‘nikmasini yanada yuksaltirish, milliy adabiyot va jahon adabiyotining eng sara namunalarini Internet tarmoqlariga joylashtirish kabilardir.
Respublika «Kitob bayrami»da 100 dan ziyod nashriyot va matbaa korxonalari ishtirok etmoqdalar.
Respublika «Kitob bayrami»ning bosh ochilish marosimi Toshkent shahrining G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz kitob bayrami joriy yilning 27 may kuniga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
21:03 / 22.03.2026
Amir Temur xiyoboni hududi 23 martdan 7 aprelga qadar vaqtincha yopiladi
19:04 / 20.03.2026
Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari e’lon qilindi
11:12 / 20.03.2026
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
09:08 / 20.03.2026