Jahon | 14:38 / 26.05.2017
20640
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning avtomobili Bryusseldagi saroyga kira olmadi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Trampning xizmat mashinasi Bryusseldagi saroy eshigidan kira olmadi, bunga avtomobil juda ulkan bo‘lgani sabab edi. La Libre Belgique xabariga ko‘ra, u bu saroyda qirol Filipp qabulida bo‘lishi belgilangandi.

Natijada u saroy eshigidan soqchilari hamrohligida piyoda o‘tishiga to‘g‘ri kelgan.

Trampning og‘irligi 8 tonnadan oshiq, uzunligi 5,5 metr bo‘lgan limuzini «Maxluq» (The Beast) deb nomlangan. Uning eshiklari 20, oynalari esa 12 santimetrli zirh bilan jihozlangan. 1,2 million dollar turadigan avtomobil yirik kalibrli qurol o‘qiga bardosh beradi. 

Foto: «Motor»

Bundan oldinroq Donald Tramp NATOning Bryusseldagi yangi bosh qarorgohini ko‘zdan kechirish chog‘ida uning oldida turib olgan Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovichni o‘ziga joy ochish uchun itarib yuborgani videosi tarqalgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid