Sport | 13:45 / 26.05.2017
15299
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning qizi «Latsio» afsonaviy hujumchisini avliyo deb o‘yladi

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melanya va qizi Ivanka bilan Rimda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlar rahbari chorshanba kuni Vatikanda Rim papasi Frantsisk bilan uchrashdi.

FourFourTwo’ning xabar berishicha, Ivanka Tramp Vatikanga tashrifdan so‘ng Rimdagi «Avliya Ignatiy kafesi» nomli restoranga bordi. U devorda «Latsio»ning afsonaviy forvardi Jorjo Kinalyaning suratini ko‘rib, restoran egasidan «Bu avliyo kim?», deb so‘radi. Restoran xo‘jayini esa u avliyo emasligi, balki «Latsio»ning buyuk chempioni ekanini aytgan.

Ma'lumot uchun, Jorjo Kinalya «Latsio» tarkibida 1969-1976 yillarda to‘p surgan. U Rim klubi uchun 263 o‘yin o‘tkazib, 140 ta gol urgan.

«Latsio» tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri, deya hisoblanuvchi Kinalya 2012 yilning aprelida 65 yoshida vafot etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid