Jamiyat | 09:40 / 27.05.2017
8529
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda hamshira 60 bolaning o‘limiga aloqador bo‘lishi mumkin

Texasda 30 yil avval yosh bolani o‘ldirganlikda ayblanib jazo muddatini o‘tayotgan sobiq hamshira Jyenin Jons kamida 60 nafar bolaning o‘limiga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu haqda Frans Press agentligi xabar berdi.

Foto:  Jyenin Jons

"Jons kamida 60 nafar bolaning o‘limida gumonlanmoqda", - deyiladi San-Antonio okrug prokurori saytida e'lon qilingan bayonotda.

Ayni damda Jyenin Jons 1984 yilda amalga oshirilgan jinoyat uchun jazo muddatini o‘tamoqda. U 15 oylik bolani o‘limida ayblanib, 99 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Shuningdek, u maxsus dori vositasi orqali boshqa bir bolaning hayotiga suiqasd qilgan, ammo u omon qolgan, deya ta'kidlaydi agentlik.

Bundan tashqari, Jonsga avvalroq uch yil oldin yana bir bolani o‘ldirganlik bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid