Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Halabda ozod etilganidan keyin ilk ekskursiya o‘tkazildi
Suriyaning Halab shahrida terrorchilardan ozod qilinganidan keyin birinchi ekskursiya uyushtirildi. Shaharning eski qismiga butun mamlakatdan o‘quvchilar va talabalar taklif qilindi. Sayyohlar orasida urush vaqtida o‘z uyini tark etib, ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan Halabning tub aholisi vakillari ham bo‘lgan.
5 yil ichida shahar terrorchilar qo‘lidan jiddiy zararlangan. Jahon arxitekturasining ko‘plab durdonalarini restavratsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Biroq deyarli tegilmagan diqqatga sazovor joylar ham talaygina. Misol uchun, ular orasida 715 yilda qurilgan masjid, Halabning bosh qal'asi va ulkan amfiteatr bor.
Suriyadagi urushgacha bu shahar mamlakatning asosiy sayyohlik markazlaridan biri bo‘lib, unga har yili 7 mln ga yaqin odam tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
18:20 / 17.06.2026
Davlat xizmatchilari uchun qamoqxonaga ekskursiya amaliyoti yo‘lga qo‘yildi
17:30 / 18.01.2026
Suriya armiyasi kurdlar nazoratidagi hududga kirdi
14:23 / 08.01.2026
Suriyada yana janglar boshlandi
21:06 / 05.12.2024