Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Chelsi" Konte bilan 2021 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma tuzadi
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Kontega yangi shartnoma taklif qiladi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri. 2021 yilgacha mo‘ljallanadigan kelishuvga ko‘ra, italiyalik mutaxassis yiliga 9,6 mln funt sterling (11 mln yevro) maosh oladi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yangi shartnomaning imzolanishi haqida Angliya kubogi finalidan keyin rasman ma'lum qilinadi. "Chelsi" 27 may kuni kubok finalida "Arsenal" bilan uchrashadi.
Agar shartnoma shu shartlar bilan imzolansa, unda Konte Joze Mourinoni ortda qoldirib, tarixda eng katta maosh oluvchi murabbiyga aylanadi. Mourino 2015 yilda "Chelsi"da ishlaganda yiliga 7,5 mln funt sterling (8,6 mln yevro) maosh olgan.
Mavzuga oid
14:42 / 20.05.2026
Yer ijarasi shartnomasini uzaytirishning yangi tartibi tasdiqlandi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
14:08 / 13.04.2026
«Siti» «Chelsi»ni yirik hisobda yengdi
21:21 / 16.03.2026