Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Erdo‘g‘an bilan suhbatlashdi. Asosiy mavzu - Suriyadagi vaziyat
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
Ta'kidlanishicha, suhbat chog‘ida yetakchilar ikki davlatning strategik sherikligini yanada chuqurlashtirish niyatida ekanliklarini tasdiqlashgan. Bundan tashqari, tomonlar Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi.
«Suriya inqirozini muhokama qilish chog‘ida Suriya Arab Respublikasida harbiy harakatlardan xoli hududlarni yaratish haqidagi Memorandumni qo‘llash muhimligi aytildi. Bu jangovar harakatlarni to‘xtatish rejimini mustahkamlash, Jyeneva va Ostona shakllaridagi Suriya bo‘yicha muzokaralar samaradorligini oshirish imkonini beradi», - deyiladi xabarda.