Jahon | 11:23 / 27.05.2017
3907
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankada suv toshqinlari tufayli 100 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

Shri-Lankada suv toshqinlari va ko‘chkilar yuz bergani tufayli 100 kishi halok bo‘ldi, yana 99 nafari bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Bu haqda Associated Press hukumat ma'lumotlariga asosan xabar berdi.

Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha markaz ma'lumotiga ko‘ra, taxminan 2,9 ming kishi o‘z uylarini kuchli yomg‘irlar sabab yuz bergan tabiiy falokat tufayli tark etishga majbur bo‘lgan.

Qidiruv va qutqaruv amaliyotlarida xavfsizlik xizmatlari, mahalliy aholi vakillari, shuningdek, harbiylar ishtirok etmoqda. Fuqarolar so‘zlariga ko‘ra, kishilar tabiiy ofat sabab o‘z qishloqlaridan chiqib keta olmayapti.

Avvalroq Haitida ham kuchli suv toshqinlari yuz bergani haqida xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid