Jamiyat | 18:10 / 28.05.2017
5712
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada shaharsozlik siyosatiga qarshi aksiya o‘tkazilmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Moskva meriyasi bilan muvofiqlashtirilgan, hukumatning shaharsozlik siyosatiga qarshi aksiyada 3 mingga yaqin kishi ishtirok etmoqda, aksiya Vavilov ko‘chasida bo‘lib o‘tmoqda. 

"Vavilov ko‘chasida Moskva hukumati bilan muvofiqlashtirilgan aksiya bo‘lib o‘tmoqda, u miting bilan yakunlanadi. Tadbirda 3 mingga yaqin kishi ishtirok etmoqda. Politsiya va Rosgvardiya jamoat tartibi hamda  xavfsizlik muhofazasini ta'minlashmoqda", - deyildi IIVning Moskvadagi bosh boshqarmasi matbuot xizmatida. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid