Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» yozdagi ilk transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
«Inter» yarim himoyachisi Ivan Perishich «Manchester Yunayted»ga o‘tishga rozilik bildirgan. Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, xorvatiyalik bu futbolchi manchesteliklar jamoasi bilan 4 yillik shartnoma tuzadi va yiliga 7 million yevrodan (28 million yevro) maosh oladi.
«MYu» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchini «PSJ» variantini rad etish va «qizil iblislar» taklifini qabul qilishga ko‘ndirgan.
Perishich milanliklar klubi safida 2015 yil yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. Ungacha ushbu xavbek «Volfsburg» safida harakat qilgan.
Yakunlanayotgan mavsumda xorvatiyalik futbolchi «Inter» uchun 41 uchrashuvda maydonga tushgan va 10 gol urib, 11 golga uzatma bergan.
Bundan avvalgi xabarlarda «MYu» safiga «Atletiko»dan Antuan Grizmann hamda «Real»dan Xames Rodriges kelib qo‘shilishi haqida yozilgandi.
Mavzuga oid
12:15 / 18.01.2026
«Siti» derbida taslim etildi, muxlislar Vinini yig‘latishdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
21:25 / 05.01.2026
Amorimning kutilmagan iste’fosi. «MYu» rahbariyatining qarori qanchalik to‘g‘ri?
15:42 / 05.01.2026